Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Stefani Grişem ma'lum qildi.

“Braziliya delegatsiyasi bilan Mar-a-Lago qarorgohida ötkazilgan uçraşuvdan keyin prezidentda kasallikning heç qanday alomatlari namoyon bölmadi”, deb ma'lum qilgan Grişem.

Uşbu ma'lumotni Trampning şaxsiy şifokori Şon Konli ham tasdiqlagan. “Bugun men Trampning koronavirusga testi manfiy çiqqanining tasdiğini oldim”, deb aytgan Konli.  

Trampning salomatligi borasida xavotir uning kasallanganlar bilan muloqotda bölgan kongressmenlar bilan uçraşuvlari va Braziliya delegatsiyasi bilan muloqotidan keyin paydo bölgan. Avvalroq AQŞga kelgan Braziliya delegatsiyasi a'zolaridan biri – Braziliya prezidenti ma'muriyatining jamoatçilik aloqalari kotibiyati rahbari Fabio Vayngartenda koronavirus aniqlangan. Jumladan, Tramp uçraşuv vaqtida Vayngarten bilan yonma-yon suratga tuşgan.

AQŞ prezidenti 14 mart kuni koronavirusga test topşirgandan keyin u va vitse-prezident Mayk Pens bilan muloqot qilgan barça xodimlarning salomatligi tekşirilişini ta'kidlab ötgan. Bundan taşqari, Tramp iştirokidagi matbuot anjumanlariga taşrif buyuruvçi jurnalistlarning tana harorati ölçanmoqda.

Şuningdek, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruda ham koronavirus aniqlanmagan. Bolsonaru koronavirusga topşirgan test natijalari olingandan keyin yolğon xabarlarga işonmaslikka çaqirgan. Avvalroq Braziliya prezidentidan olingan birinçi testlar unda koronavirus borligini körsatgani haqida xabarlar tarqalgandi.