
«Bu böyiça ança oldin iş boşlangan. Bu ikki xil körinişda böladi. Hozir ta'til. Hisob-kitob qildik. Har bitta sinf uçun, masalan 5-sinf deylik, har bitta maktab uçun 55ta elektron körinişdagi öquv bloki kerak bölarkan.
Hozir tayyorgarlik boşlangan. Raqamli telekanallarimiz köp. Bunday öquvlar kerak bölsa, televideniyening kanallari orqali onlayn rejimda amalga oşiriladi» – deya hukumat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Aripovga köra, öquv muassasalaridagi ta'til 2 hafta davom etişi rejalaştirilgan.
Onlayn darslar
Xalq ta'limi vazirligidan ma'lum qilişlariça, öquvçilar ta'til paytida bilim olişlari uçun ÖzMTRK tarkibidagi telekompaniyalar bilan birga öquv dasturlarida rejalaştirilgan dars maşğulotlarini televizion efirga uzatiş uçun videodarslar tasvirga olinadi hamda efir vaqtlari ajratiladi.
Televizion videodars maşğulotlarini tayyorlaş va uni tasvirga oliş böyiça soha xodimlaridan iborat taşkiliy-ijodiy guruh tuziladi.
Videodarslar Xalq ta'limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi kanallar va rasmiy veb-saytlarida, elektron axborot portallari (onlayn maktab) orqali ham namoyiş etib boriladi.
Şuningdek, komissiyaning topşiriğiga köra, maktablarda tozalik va dezinfeksiya tadbirlari kuçaytiriladi, ta'lim muassasalaridagi tibbiyot xonalarini zaruriy tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvçi vositalar hamda dori-darmonlar bilan ta'minlanadi.
Öqituvçilar faoliyatini davom ettiradi
XTV bergan ma'lumotga köra, taşkilotlar va ularning xodimlari iş tartibiga heç qanday özgarişlar kiritilmagan.
«Şundan kelib çiqib, öqituvçilar öquvçilar uçun e'lon qilingan ta'til davrida öz faoliyatlarini davom ettiradilar. Bunda öqituvçilar bahorgi ta'til kunlariga rejalaştirgan işlarini amalga oşirib, pedagogik yuklamalar doirasida faoliyat (misol uçun, metodologik va tayyorgarlik işlari) yuritişadi, xodimlarning oilaviy şaroitidan kelib çiqib, zaruriyatga köra pedagogik yuklamalarini masofaviy tarzda bajarilişiga imkon beriladi.

















