Asosan Osiyodangi yangiliklarni yoritişga ixtisoslaşgan Asia-times.org saytida «Özbekistonda bir keksa erkak koronavirusdan vafot etdi» (V Uzbekistane pervaya smert ot koronavirusa umer mujçina) sarlavhali xabar e'lon qilindi.

Unda 14 mart kuni koronavirus aniqlangan bemorlardan biri, keksa erkak 17 mart kuni vafot etgani haqida aytilgan. Xabarda manba sifatida «Soğliqni saqlaş vazirligi boş sanitar vraçi Bahodir Yusupaliyev» nomi keltirilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayev uşbu xabar böyiça oydinlik kiritdi.

«Bu xabar mutlaqo asossiz, butkul yolğondan iborat. Avvalo Bahodir Qahramonoviç Yusupaliyev davlat boş sanitar vraçi emas, vazirning birinçi örinbosaridir. Ikkinçidan, saytimizda bunday xabar umuman e'lon qilinmagan. Eng muhimi, Özbekistonda koronavirus tufayli ölim holati qayd etilmadi, qayd etilmasin ham.

Yana bir bor eslatib ötaman, vazirligimiz bu borada barça rasmiy ma'lumotlarni tezkorlik bilan e'lon qilib bormoqda, hamişa eşiklarimiz oçiq, nafaqat kunlik, balki soatlik axborotni yetkazib turibmiz. Yurtdoşlarimizdan yolğon axborot tarqatiş uçun javobgarlik mavjudligini, xorijiy OAVda bu masalaga jiddiy yondoşişlarini sörab qolardim», deydi u.

Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusga çalingan ilk bemor qayd etildi. Ayni vaqtga kelib bunday bemorlar soni 10 nafarni taşkil qilmoqda.

Özbekistonga koronavirus uçta reys orqali kirib keldi.

Birinçisi, 11 mart kuni Parij-Toşkent reysi. Bu reys orqali uçgan şifokor ayol Özbekistonda öğli, qizi, turmuş örtoği, nabirasi va qarindoşiga virus yuqtirib ulgurdi (6 bemor).

Ikkinçisi, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toşkent yönalişidagi 274- reys (3 bemor).

Uçinçisi, 14 mart kuni London–Toşkent yönalişidagi 201-reys (1 bemor). 

Bundan avvalroq Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov 16 mart holatiga köra, Özbekiston şifoxonalarida 641 kişi karantinda saqlanayotgani, şuningdek, 6 mingga yaqin kişi uy şaroitida karantinga olingani haqida xabar bergandi.