1.Koronavirus nima va u qanday yuqadi?

Koronavirus bu - respirator virus, u Covid-19 kasalligini keltirib çiqaradi. Viruslar havo-tomçi yöli bilan aksiriş yoki yötaliş paytida havoga çiqariladigan juda mayda tupuk tomçilari orqali yuqadi. Masalan, sizdan ikki metrdan kam masofada bölgan va aksirayotgan (yoki kiçik tupuk saçratib gapirayotgan) odam sizga virusni yuqtira oladi.

Bundan taşqari, koronavirusni qattiq yuzadan yuqtiriş mumkin (eşik tutqiçi yoki metroda eskalator tutqiçi) — bunday sirtlarda u ikki kun yoki undan ham köproq yaşay oladi.

2.Kasallikning qanday belgilari bor?

Isitma, lanjlik va quruq yötal. Ba'zi kasallarda uçraydigan simptomlar: burun bitişi, tumov, muşak oğriqlari, tomoq oğriği va iç surişi. Bu simptomlar boşlanişida yengil seziladi va şiddatli bölmaydi. Virusni yuqtirib olganlarning ayrimlari yuqoridagi bu asoratlarni oğir his qilmasliklari mumkin.

3. Koronavirus infeksiyasining belgilari qança vaqt mobaynida paydo böladi?

Koronavirus belgilari 14 kun mobaynida va ana şu infeksiya bilan kasallangan bemor bilan muloqotdan keyin paydo bölişi mumkin.

4. Koronavirusning oldini oliş böyiça qanday çoralar mavjud?

Birinçidan, qöllarni muntazam ravişda sovunlab yuviş yoki dezinfeksiya qiluvçi vositalardan foydalaniş;

yuvilmagan qöllar bilan oğiz, köz, burun va yuzga tegmaslik;

jamoat joylari va odamlar köp töplanadigan yerlarga borişni kamaytiriş;

aksiriş yoki yötal paytida oğiz va burunni yopiş;

şamollaş belgilari bölgan odamlar bilan aloqa qilişdan saqlaniş;

şuningdek yovvoyi yoki qişloq xöjaligi hayvonlaridan uzoq turiş.

5. Tibbiy niqoblar koronavirusdan himoyalanişda yordam beradimi?

Tibbiy niqoblar samara beradi. Faqat ulardan foydalanişning ham qoidasi bor. Niqoblarning turiga qarab ulardan 20 daqiqadan 3 soatgaça foydalaniş mumkin.