Yurtimiz tarixida ilk bor kuzatilgan holat – noma'lum muddatli karantin kunlarini boşdan keçirmoqdamiz. Hali şu paytga qadar Özbekistonda Navröz tantanalari bekor qilinmagan, barça öquv muassalariga rejadan taşqari ta'til berilmagan, xalqaro aviaqatnovlar töxtatilmagan edi. 

Demak, bu lavhamizda öziga xos sinov davridagi Özbekiston! 

Bugun, 16 mart kuni Özbekistonda koronavirus qayd etilganidan söng ikkinçi, karantinning birinçi kuni. Xöş, poytaxtda va viloyatlarda vaziyat qanday?

Umumiy xulosa qilib aytiş mumkinki, andak vahimaga örin bölgan. Odamlar yoppasiga oziq ovqat mahsulotlari, birlamçi tibbiy vositalar sotib olişga kirişganlar. Ayrim mahsulotlar narxida qisqa muddatli oşiş kuzatilgan. Poytaxt va yirik şaharlardagi talabalar ommaviy tarzda öz uylari sari yölga çiqqan. Vokzallar, avtovokzallar, taksilar qatnovçi manzillar mijozlarga tölib-toşgan. Talab va taklif qonuniyati işga tuşib, xususiy maşinali kirakaşlar narxlarni oşirgan, bu ham ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bölgan.

Ammo hukumat yölga qöygan çora-tadbirlar öz samarasini bera boşlaganini ham qayd etiş lozim. Poytaxtda va viloyatlarda talabalar uçun çegirmalar joriy qilindi, yangi kassalar işga tuşirildi, eng muhimi – barça yönalişlar böylab qöşimça transportlar qatnovi yölga qöyildi. 

Bozorlar yopilmasligi qayta-qayta ta'kidlandi, yirik savdo tarmoqlaridagi zaxiralar körsatildi, barça mahsulotlar yetkazilişida uzilişlar bölmasligi tuşuntirib ötildi.

Kunning ikkinçi yarmida Özbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov masjidlarda jamoat ibodatlari, xususan juma namozlari vaqtinça öqilmasligini e'lon qildi. Virus tarqaliş xavfi kuçaygan bir paytda bu qaror ham xotirjam qabul qilindi.

Eng muhimi – vahimaga, qörquvga örin yöqligi qayta-qayta takrorlanmoqda. Hattoki Boş vazir Abdulla Aripov bunday paytda asossiz, vahima qözğatuvçi xabarlar tarqalişiga qarşi jiddiy kuraş olib borilişini yana bir bor eslatib ötdi.

Koronavirusdan himoyalaniş haqidagi oddiy, samarali uslublar omma e'tiboriga uzluksiz havola etib borilmoqda. Ularga amal qiliş har birimiz - özimiz, oilamiz va yaqinlarimizning soğligi uçun juda muhimligini unutmasligimiz şart.

Abror Zohidov, Rahmatillo Isroilov,
tasvirçi Muhammadjon Ğaniyev.