Malayziya ham sayohatçilar uçun öz çegaralarini yopişni boşlaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mamlakat boş vaziri Muhiddin Yassin öz intervyusida çorşanba kunidan boşlab 31 martgaça barça qarorlar kuçga kirişini ma'lum qildi.

«Hukumatimiz odamlarimiz hayotiga xavf soladigan pandemiya tarqalişini töxtatiş uçun barça çoralarni köradi. Maktablar va universitetlar yopiladi. Şuningdek, xizmat körsatiş kompaniyalaridan taşqari davlat va xususiy biznes markazlari ham öz faoliyatini töxtatadi. Çet elliklarning kirişiga hamda fuqarolarning çiqib mamlakat hududidan çiqib ketişlariga yöl qöyilmaydi», deydi u.

Malayziya virus yuqtirganlar soni böyiça mintaqadagi yetakçi davlat bölib turibdi, 17 mart holatiga köra, mamlakatda 566 kişida virus aniqlangan.

28 fevral-1 mart kunlari Kuala-Lumpurdagi diniy yiğinlar vaqtida 338ta holat qayd etilgan. Malayziya soğliqni saqlaş vaziri hozirça uşbu tadbirda qatnaşgan 14,500 malayziyalikdan 7000 nafari tekşiruvlardan ötkazilganini ma'lum qilgan.