Navro‘zda davlat tashkilotlari xodimlari 3 kun dam oladi
Yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan mulkchilik shaklidan va haftalik ish kunlari sonidan qat'i nazar barcha xodimlar ketma-ket uch kun dam olishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2019 yildagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, 23 mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
21 mart – bayram kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelgani bois haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar ham haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar ham 3 kun ketma-ket dam olishadi.
21 mart – shanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – yakshanba (dam olish kuni);
23 mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni).
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, 20 mart – juma kuni ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni yilning boshqa dam olish kuni bilan almashtirilmaydi. Koronavirus xavfi sabab e'lon qilingan karantin holati yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlari davomiyligiga ta'sir etmaydi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 19:47
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 19:32
-
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi
Jahon | 19:29
-
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi
Jahon | 18:41
Mavzuga oid

12:33 / 22.03.2025
Diplomatlar o‘zbek xalqini Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi

17:58 / 21.03.2025
Foto: "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?

10:33 / 21.03.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

23:41 / 20.03.2025