Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekov «Özbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalişi va unga qarşi körilayotgan çoralar böyiça ta'lim muassasalarida amalga oşirilayotgan işlar» mavzusida brifingda karantinda saqlanayotganlarning ahvoli haqida ma'lum qildi.
«Şu paytgaça Özbekiston fuqarolarining 7900 nafardan köproği karantinda böldi. Şu paytgaça 5700 nafardan ortiq odam karantin talablarini ötab, uylariga qaytdi. Hozirgi kunda 2100 odam karantinda turibdi.
Toşkent viloyatining «Böston», «Energetik» sanatoriylarida va Toşkent şahridagi 6-sonli şifoxonada karantinda uşlangan şaxslar barça şaroitlar bilan ta'minlangan», dedi u.
Ma'lum qilinişiça, ularning barçasi yetarli tibbiyot niqoblari va sanitariya gellari bilan ta'minlangan. Ularning soğligi tibbiyot xodimlari tomonidan nazoratga olingan. Bundan taşqari, karantindagi fuqarolar nafaqat kasallik tufayli nazoratda, balki soğligini tiklab oliş uçun ham imkoniyatga ega.
Nurmat Otabekov koronavirus bemorlari davlat hisobidan davolanişini ta'kidladi.
«Koronavirus bilan kasallanganlar davlat budjeti hisobidan bepul davolanadi. Ulardan davolaniş uçun heç qanaqa dori-darmon sotib olişlari talab qilinmaydi», – dedi u.
Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatovning qöşimça qilişiça, kasallanganlarni qabul qiladigan şifoxonalarda yetarliça şaroitlar yaratilgan.
«Bugungi kunda ming nafar bemorni töliq davolaşga yetadigan dori-darmon zaxirasi yaratilgan. Vaziyatga qarab, buning miqdorini oşirib boriş mumkin. Bundan taşqari, turli maxsus apparatlarni işlatiş uçun şifokorlar öqitilgan», deydi u.
Nurmat Otabekov xorijdan kelayotgan fuqarolarning barçasi (tibbiyot muassasalarida karantinga joylaştirilmaganlar) uy şaroitida karantinga olinayotgani haqida ma'lum qilgan.
«Koronavirus hozirgaça 155ta davlatda aniqlangan. Özbekistonda ham 16 mart kunigina rasman aniqlandi. 15 mart kuni laborator-skriningdan keyin infeksiya Özbekistonga ham kirgani aniqlangan. Unga qadar ham 1070ta tekşiruv ötkazilgan. Özbekiston koronavirus böyiça ma'lumotni yaşirişni istamaydi. Infeksiyani yaşirib bölmaydi ham. U baribir ertaga qayerdadir özini körsatadi.
Hozirda karantin ikki körinişda ötkazilyapti. Charter reyslar bilan boşqa davlatlardan olib kelinayotgan yurtdoşlarimizning barçasi izolyatsiya qilinyapti va tekşirilyapti. Agar fuqaro özi alohida kelsa, unga uy şaroitida karantin belgilanyapti.












