Kuni keça boş vazir tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida bu kasallikka qarşi mamlakatimizda amalga oşirilgan işlar, joriy holat, virusga çalingan fuqaro va izolyatsiyaga olingan şaxslar va aniq rejalar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim qilindi. Jurnalistlarning barça savollariga atrofliça javob berildi.

Eng muhimi OAV, blogerlardan aholi orasida vahima tarqatmaslik söraldi, bu borada javobgarlik mavjudligi töğrisida ogohlantirildi. Yiğilişdan söng ötgan davr içidagi vaziyat mahalliy OAV, blogerlar bu masalada özlarini mas'uliyatli tutişga harakat qildi, deyişimizga asoslar mavjud. Biroq boşqa mamlakatlarda bölganidek, bizning yurtimizda ham bu kasallik aholi örtasida ma'lum vahimani keltirib çiqargani ham bor gap.

Bunda şuni ham tan oliş kerak, ayrim OAVda berilgan va asosan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan turli materiallar odamlarning öng-u söliga qaramay bozorlar va savdo dökonlaridan oziq-ovqat mahsulotlarini “ğamlab qöyiş” uçun köp miqdorda sotib olişiga sabab böldi.

Şu narsa ayonki, koronavirus kabi yalpi xavflarga qarşi kuraş kompleks jarayon bölişi lozim. Bunda uning barça turdagi salbiy oqibatlarining oldini oliş uçun keng kölamli yondaşuv zarur. Jumladan, aholi orasida vahimaning oldini oliş eng ustuvor yönalişlardan biri sifatida qaralişi lozim böladi. Biz özgalarning xatolaridan, tarixda vahima tufayli kelib çiqqan katta yöqotişlardan zarur xulosa qilişimiz zarur.

Duşmandan qörqma, vahimadan qörq, deyiladi maqollarning birida.

Vahima özi nima?

Psixologiyaga oid kitoblarda vahimaga his-tuyğu va kayfiyatning buzilişi sifatida qaraladi. Vahimada odamni asossiz qörquv bosadi, kişi nimadandir xavotirlanib, hadiksiraydi, bezovta böladi, köngli ğaşlanib, oromi yöqoladi. Unga kelajakda falokat bölişi muqarrardek, özi yoki yaqinlarining hayoti xavf ostida turgandek tuyuladi.

Bunday şaroitda şaxsda asosli, oqilona qarorlar qabul qiliş layoqati çeklanadi.

Albatta bu holat faqat bizning mamlakatimizga xos desak, adolatdan bölmaydi. Zero koronavirusning jahon miqyosidagi zararlari haqida bir-biridan mudhiş xabarlar köpayib borayotgan bir şaroitda, köplab mamlakatlarda bizda keça kuzatilganiga öxşaş vaziyatlar böy körsatmoqda.

Mazkur holatni ayrim mutaxassislar insonning qadimgi davr yoki örta asrlarda bölib ötgan pandemiyalarning “genetik” asorati sifatida baholaşadi. Ammo biz XVIII-XIX asrda emas, hatto XX asrda ham emas, balki XXI asrda yaşayotganligimizni unutmasligimiz kerak.