Bog‘cha uchun qilingan to‘lov karantindan so‘ng qayta hisoblanadi - Vazir
16 martdan 31 martga qadar maktabgacha ta'lim tashkilotlari karantin holatida bo‘lgan bois to‘lovlar qayta hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin karantin davri uchun maktabgacha ta'lim tashkilotiga qilinadigan to‘lovning hisoblanish tartibiga izoh berdi.
«Karantin davrida bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotiga qatnamaganini inobatga olgan holda, keyingi oy avvalida to‘lov masalasi qayta hisoblab chiqiladi», dedi Agrippina Shin.
Shuningdek, karantin davrida MTT metodistlarining ishga chiqishda davom etishi zaruratiga oydinlik kiritildi.
«Metodist mudir bilan birgalikda karantin davrida ota-onalar uchun tushuntirish ishlarini olib boradi. Ta'til vaqtida bolaning vaqtini qanday to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha savollar tug‘ilishi tabiiy, bunda metodist maslahati kerak bo‘ladi.
Shuningdek, MTT mudiri va metodisti ish davrida jamlanib qolgan yumushlarni bajarishlari mumkin bo‘ladi. Ishning huquqiy masalalari, qog‘oz ishlari jamlanib qolgan. Bular asosiy ishdan tashqari vaqt talab etadi. Hozir shu kabi ishlarni qilib olish, tizimga yangi g‘oya va rejalar kiritish haqida o‘ylash uchun qulay vaqt», dedi Agrippina Shin karantin davrida MTTlar faoliyatini tashkil etish masalasiga bag‘ishlangan brifingda.
Brifingda ma'lum qilinishicha, karantindan so‘ng nafaqat davlat, balki xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham hududiy sanitariya-epidemiologiya markazlari tomonidan dezinfeksiya choralari ko‘rilishi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi va aldanib ko‘r bo‘lib qolgan ayol. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
Jamiyat | 09:41
-
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 09:40
-
21 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi
O‘zbekiston | 09:38
-
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
Sport | 09:37
Mavzuga oid

20:40 / 09.07.2024
Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor etib tayinlandi

09:28 / 24.03.2023
Agrippina Shin Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi

19:20 / 15.12.2022
Agrippina Shin: Tarbiyachilarning maoshini oshirish uchun yiliga 2,5 trln so‘m kerak

18:56 / 15.12.2022