Qoratoğ (Çernogoriya)da ham koronavirus yuqtirganlik bilan boğliq ikkita holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat hukumati Tvitterida ma'lum qilinmoqda.

Şunday qilib, koronavirus Yevropaning barça davlatlarida aniqlanib bölindi.

Qoratoğ hukumati Twitter’ida koronavirus 1948 va 1973 yilda tuğilgan ikki ayolda aniqlangani ma'lum qilingan. Ularning har ikkisi virus tarqalgan hududlarda bölib qaytişgan.

15 mart kuni boş vazir Militun Semoviç Qoratoğ şu vaqtgaça kasallik qayd etilmagan Yevropadagi yagona mamlakat bölib qolayotganini ta'kidlab ötgan edi. Öşa kuni xorijlik fuqarolarga mamlakatga kiriş vaqtinçalik taqiqlangan edi.