«Özbekistonga mulklarni Gulnora Karimovaning özi qaytarganligi yoki qolgan mulklar bevosita Gulnora Karimova yoxud boşqa alohida şaxslar tomonidan qaytarilişi mumkinligi haqidagi ta'kidlar huquqiy asosga ega emas va şu bois haqiqatga töğri kelmaydi», deb ma'lum qildi Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

Qayd etilişiça, 2019 yilda xalqaro tuzilmalar va fuqarolardan G.Karimovaga nisbatan oldin olib borilgan tergov harakatlari bilan qamrab olinmagan jinoyatlar haqida xabarlar kelib tuşgan. Bu esa yangidan oçilgan holatlar böyiça yangi jinoyat işi oçilişiga asos bölgan.

«Tergov G.Karimova öziga yaqin şaxslardan iborat bir neçta uyuşgan jinoiy guruh tuzib, jinoiy uyuşmaga rahbarlik qilgani, respublikaning sanoat korxonalarida faoliyat yuritib, unga jinoiy yöl bilan orttirilgan daromaddan uluş berib turgan yana bir uyuşgan jinoiy guruhga rahbarlik qilganini aniqlagan.

Bundan taşqari, jinoiy iş materiallariga köra, G.Karimova fuqarolarga va turli kompaniyalar egalariga bosim ötkaziş va qörqitiş yöli bilan özlarining mulklarini unga qaraşli kompaniyalarga qayta rasmiylaştirib berişga majburlagan.

Iş böyiça tergov davomida G.Karimovaning qonuniy huquq va manfaatlarini u va uning yaqin qarindoşlari tomonidan jalb etilgan 7 nafar advokat himoya qildi. Bundan taşqari, barça tergov tergov harakatlarida advokatlarning iştiroki ta'minlandi va ularning heç qanday çeklovlarsiz G.Karimova bilan xoli uçraşişiga imkoniyat yaratib berildi.

Tergov tadbirlari davomida Özbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunçiligi buzilişiga, şuningdek gumon qilinuvçilar va ayblanuvçilarning huquqlari buzilişiga yöl qöyilmagan», deyiladi vazirlik ma'lumotida.

18 mart kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Gulnora Karimova va u tomonidan taşkil etilgan jinoiy uyuşma a'zolariga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Sud hukmi bilan G.Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunçiligi normalariga muvofiq hamda bir neça jinoyat va hukmlar majmui böyiça jazo tayinlanganini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boşlab hisoblaş belgilandi.

Qolgan sudlanuvçilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning oğirlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi iştirokidan kelib çiqib, tegişli jazolar tayinlandi.