Andijon viloyati Oltinköl tuman tibbiyot birlaşmasida 32 kişi izolyatsiyada saqlanmoqda. Ular koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor bilan bitta reysda uçib kelişgan.

Viloyatda jami 50dan ortiq kişi karantinga olingan.

Bu haqda Kun.uz muxbiriga Andijon viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Avazbek Abdurahmonov ma'lum qildi.

Avazbek Abdurahmonov

«Bugungi kun holatiga Andijon viloyati hududida koronavirus infeksiyasi aniqlangan şaxslar yöq. Lekin xorijiy davlatlardan kelayotgan andijonlik fuqarolarni ehtiyot çorasi sifatida karantinga olib, ular bilan tuşuntiriş işlarini olib boryapmiz.

Oltinköl va Xöjaobod tumanidagi yuqumli kasalliklar bölimlarida sönggi tört kunda Turkiyadan kelgan 14 nafar, Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahridan uçib kelgan 10 nafar va turli davlatlardan kelgan 27 fuqarolarimiz karantin nazoratiga olindi.

Mazkur fuqarolarimiz öz uylariga kelib, oila a'zolari bilan muloqotda bölgani uçun ularning xonadonlarini ham karantin nazoratiga oldik.

Bu borada işlar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi, içki işlar bölimi va mahalla fuqarolar yiğinlari bilan hamkorlikda olib borilyapti. Undan taşqari, patronaj xizmati vakillari ham uyma-uy yurib, mahallalarda çet davlatlardan qaytib kelgan fuqarolarni aniqlamoqda.

Xorijiy davlatlardan kelgan fuqarolarimizni karantin statsionar şaroitga oliş uçun Xöjaobod va Oltinköl tumanlaridagi yuqumli kasalliklar bölimlarida karantin muassasalarini taşkil etganmiz. Mazkur muassasalarda karantinga olingan şaxslar uçun barça şaroitlar yaratilgan.