Ikki soatga yaqin davom etgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan eng muhim yangiliklar:
Maktablarda karantin: öquvçi va öqituvçilarga ta'til, televideniyeda videodarslar
18 martdan boşlab umumta'lim maktablardagi barça öqituvçilar muddatidan avval ta'tilga çiqariladi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov ma'lum qildi.
Öqituvçilarga mehnat ta'tili davri uçun iş haqi tölanadi.
Şermatov ta'til paytida videodarslar qanday taşkil etilişi haqida ham ma'lumot berdi.
Masofadan turib öquv jarayonini taşkil etiş hamda ta'lim muassasa va taşkilotlarning bino va inşootlarini saqlaş maqsadida bir qator lavozim egalari faoliyatini iş joyida amalga oşiradi.
Öquvçilarning ta'til paytida bilim olişi uçun kelgusi haftadan boşlab telekanallarda videodarslar efirga uzatila boşlaydi.
Videodarslar televideniye va Xalq ta'limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari (@uzedu) va rasmiy veb-saytlarida (www.uzedu.uz), elektron axborot portallari (online maktab) orqali ham namoyiş etiladi.
Öqituvçilar va MTM xodimlari dezinfeksiyalaş işlariga jalb etilmaydi
Oliy ta'limdagi 50 foiz öqituvçi ta'tilga çiqmoqda
Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov ham Toşkentda tahsil olayotgan öquvçi va talabalarni karantin doirasida viloyatlarga yuboriş böyiça qilinayotgan işlar haqida ma'lumot berdi.
Unga köra, öquvçi-talabalarni karantin doirasida viloyatlarga yuboriş yozgi va qişki ta'til şaklida hamda yozgi ta'til hisobidan taşkil qilinadi.
Ta'lim şakliga köra, ham kunduzgi, ham keçki öqiydiganlarning dars va imtihon jarayonlari ham suriladi.
3 kun içida talabalarning katta massasi çiqib ketişi reja qilingan.













