AQŞ prezidenti Donald Tramp koronavirus epidemiyasi xavfi sababli uning prezidentligini harbiy davrga töğri kelgan, deb hisoblaş mumkinligini aytdi.
“Ma'lum jihatdan men özimni harbiy davr prezidenti sifatida körmoqdaman”, deb aytgan Tramp brifingda.
AQŞ prezidentining bu sözlari u 1950-1953 yillar davom etgan Koreya uruşi davridagi mudofaa sanoati haqidagi qonun amal qilişini e'lon qilgandan keyin yangragan. Bu qonundan maqsad himoya niqoblari va maxsus kiyimlar işlab çiqarilişini jadallaştiriş hisoblanadi.
“Men kuraşayotganimizni nazarda tutmoqdaman. Men bizda juda keskin vaziyat yuzaga kelganini nazarda tutmoqdaman”, deb tuşuntirgan Tramp öz sözlarini.
U AQŞ fuqarolarining koronavirusga qarşi jonbozlik bilan kuraşayotganlariga tahsin aytgan.
“Amerika xalqi köp jihatdan ajoyibdir”, deb aytgan Tramp.
Ayni vaqtda AQŞda koronavirusga çalinganlar soni 8304 nafarni, undan vafot etganlar soni 133 nafarni taşkil qilmoqda.













