Vazirlik matbuot xizmati xabar berişiça, 19 mart kuni vazirlikning kengaytirilgan hay'ati yiğilişida Şerzod Asadov vazir örinbosari sifatida taniştirilgan.

Şerzod Asadov 2015 yilda Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovga yordamçi etib tayinlangan, 2017 yilning oktyabrida Özbekiston Respublikasining Avstriyadagi elçixonasi maslahatçisi va muvaqqat işlari vakili sifatida işlay boşlagan, 2018 yilning kuzidan esa Özbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elçisi, şuningdek, mamlakatning YeXHT va Vena şahridagi boşqa xalqaro taşkilotlar huzuridagi doimiy vakiliga aylangandi.