Özbekiston Musulmonlari idorasi butun dunyoga jiddiy taşviş olib kelayotgan koronavirus kabi yuqumli xastalikni tez orada insoniyat boşidan aritiş borasida Qur'oni Karim va hadisi şariflarga muvofiq maxsus amallarni ado etiş vazifasini diniy soha xodimlari zimmasiga yukladi. Idoraning 2020 yil 18 mart kuni Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyoti, Toşkent şahri va viloyatlar vakilliklariga yuborilgan xatida şu haqda söz boradi.
Unda, jumladan, Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyoti, Toşkent şahri va viloyatlar vakilliklari tomonidan bir boş qoramol va har bir tuman-şaharlarda bir boş qöy, jami 15 boş qoramol, 200ta qöy söyilib, göştlar va hadyalar ila kam ta'minlangan oilalar, yordamga muhtoj kişilar, duosi mustajob insonlar va mehribonlik uylariga xayriya qilinişi belgilangan.
Bundan taşqari, masjidlar imom-xatiblari, imom noiblari öz xonadonlarida ikki rakaat «Najot söraş» namozini öqib bölgaç, «Solatan tunajjino», «Solatan noriya» duolarini 300 martadan öqiş, diniy ta'lim muassasalari ustoz va talabalari öz uylarida 70ta xatmi Qur'on öqiş va Toşkent islom instituti ustozlari tarafidan Imom Buxoriyning «al-Jome as-Sahih» asarini xatmi Buxoriy qiliş belgilangan. Bu amallar 20 mart juma kuni soat 12:00gaça yakunlanişi ta'kidlangan.

Şu bilan birga, Toşkent şahridagi «Suzuk ota» majmuasida 7 nafar eng tabarruk ulamo tomonidan uşbu xayriya tadbirlari, xatmi Qur'onlar va salovotlar ijobatini sörab, yakuniy duolar ado etilişi lozimligi, şuningdek, viloyatlar boş imom-xatiblari xuddi şunday şaklda 7 nafar tabarruk ulamo iştirokida duolar qilişlari zarurligi qayd etiladi. Saudiya Arabistonidagi hamkor şirkatlar vakillariga esa, Makkai mukarrama va Madinai munavvaradagi Harami Şariflarda duo-tazarruda böliş, mömin-musulmonlar öz oilalari davrasida zikr, istiğfor va baloni daf bölişi uçun beş mahal namozdan söng duo va tazarruda böliş tavsiya etilgan.
Kun.uz ayni vazifalar yuzasidan Özbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon domla Işmatbekov izohini oldi.

«Ofatni daf qiladigan vositalar qatorida duo dedik. Bundan taşqari, sadaqot ham baloni daf qiladi. Sadaqa beriş bilan baloni daf qilinglar, degan mazmundagi hadislar bor. Yetim-yesir, muhtojlarning könglini kötarib, kambağallarga yordam qilib, ayniqsa, boy-badavlat kişilar bölsa, ehson qilişlik bilan Alloh taolodan baloni daf qilişni söraş ham bir vosita.


















