Bugungi suhbatdoşimiz bu va bu kabi savollarga javob beriş böyiça eng vakolatli şaxs – Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov.

Nurmat Otabekov

– Nurmat Satiniyazoviç, keç bölişiga qaramay tahririyatga kelganingiz uçun taşakkur. Lekin tungi taşrifingiz sababi tuşunarli, hozirgina davlat rahbari boşçiligida asosan koronavirusga qarşi kuraşga bağişlangan selektor yiğilişidan kelyapsiz (suhbat 18 mart soat 21.00 da yozib olingan).

– Çindan ham, hozirgina yiğilişdan kelyapman. Şunça yillik tajribam davomida davlat rahbarining biror yuqumli kasallikka bu qadar jiddiy e'tibor berganini körmaganman. Bugungi selektor vaqtining taxminan yetmiş foizi aynan şu masalaga qaratildi. Prezident har bir jihatga olgan holda aniq çora tadbirlarni belgilab berdi.

Ming afsuski, şunça ehtiyot çoralari körilişiga qaramay bu kasallik avj olganidan 4 oy ötib, Özbekiston hududida ham qayd etildi.

– Koronavirus Özbekistonda tarqalişi böyiça prognozlar işlab çiqilyaptimi, kasallikning yana tarqalişiga qay darajada tayyormiz?

– Har qanday yuqumli kasallik, epidemik jarayon uçta böğinga asoslanadi: manba, ya'ni kasallik öçoği, yuqtiriş yöli va yuquvçi odam kabi zanjirlar bölgandagina epidemiya tusini oladi. Özbekiston respublikasiga virus kirib kelişining oldini oliş böyiça şunça çora-tadbirlar qöllanişiga qaramay kirib kelganining sababi - bu kasallikning yaşirin davri 14 kungaça.

Biz çetdan kirib keluvçilarning barçasini karantinga ololmaymiz va bunday tajriba jahonda yöq. Misol uçun, karantin e'lon qilinganidan keyin ham, charter reyslar, poyezdlar va avtomobillar orqali yurtimizga 25 mingga yaqin kişi kirib kelgan. Tabiiyki, bunça odamni 14 kun davomida karantinda saqlaş notöğri böladi. Şu bois, epidemik noxuş hududdan kelayotganlarga alohida e'tibor berilgan holda hamma teplovizorlar orqali tekşiruvdan ötkaziladi. Şubha qilinganlar töliq tekşiriladi.

– Muştariylardan kelgan savol örinli: bemor deb nazoratga olingan fuqarolar izolyatsiya qilingan joylar - muassasalarda ahvol qanday? Bu joylarda kasallik şifokorlar orqali odamlarga yuqmasmikan?