“Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan qöllab-quvvatlaş dasturining birinçi bosqiçi mamlakat böylab barça keksa yoşdagilar va kam ta'minlangan oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari va dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlaşni öz içiga oladi”, deb yozadi ÖzA.

Xabar qilinişiça, Xalqaro Şodiyev fondining Özbekistondagi vakolatxonasi mamlakat hukumati va Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining virusli infeksiya pandemiyasi şaroitida zarur qoidalarga amal qiliş böyiça tavsiyalarini bajarişga oid da'vatiga qöşiladi. 

Insonparvarlik yordami jamlanmasi içiga özbek tilidagi tavsiyalar ham joylaştiriladi.

ICF — Xalqaro Şodiyev fondi Özbekistondagi muhtoj aholi qatlamlarini qöllab-quvvatlaş böyiça keng kölamli xayriya dasturini amalga oşiriş orqali hukumatning koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça çora-tadbirlarini qöllab-quvvatlamoqda.

Fond 1996 yilda Şarqiy Yevropa, Markaziy va Janubi-Şarqiy Osiyoda ilmiy, ijodiy va madaniy salohiyatni qöllab-quvvatlaş hamda rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan.

2017 yil sentyabrda Adliya vazirligi tomonidan Xalqaro Şodiyev fondining Özbekistondagi vakolatxonasi röyxatga olingan.