Bundan taşqari, klinika bemorlarga joy ajratiş bilan birga malakali şifokorlar xizmatini ham taklif qilgan. 

«Bugungi kunda, koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşişda dunyodagi davlatlar birlaşmoqda va insonparvarlik yordamlari körsatilmoqda. Şu örinda, AKFA Medline klinikasi ham bu pandemiyaga qarşi kuraşişda yurtdoşlarimizni karantinda saqlaş uçun öz klinikasi, xodimlari va mutaxassislari bilan «Pandemiyani birgalikda yengamiz!» şiori ostida Soğliqni saqlaş vazirligiga beğaraz kömakdoş bölişga tayyor ekanligini ma'lum qiladi», – deyiladi klinika xabarida. 

Ayni paytda koronavirusga qarşi kuraşiş işlariga 5,5 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb etilgan.  Hukumat qöllayotgan çora-tadbirlar, qarşi kuraş vositalariga hamohang ravişda jamoatçilikning birlaşuvi, bir yoqadan boş çiqarişi ham muhim sanaladi. 

Bundan avval, Kun.uz tahririyati ham şifokorlarimizga taşakkur bildiriş maqsadida öziga xos çellenjga qöşilib, tuşlik taşkil etişga qaror qilgandi.

#mehnatingizniqadrlaymiz – Tibbiyot xodimlarimizni qöllab-quvvatlaş çellenjiga siz ham qöşiling .