Jumani uyda öqiş hukmi, balo kelganda tavba-istiğfor. Homidjon domla Işmatbekov bilan suhbat
|01:08 / 24.03.202034 69214 min
Juma namozini uyda öqişlik hukmi, balo kelganda gunohlorga tavba va Allohga iltijo bilan duo qilişning foydalari, Payğambarga salavot aytiş duoning qabul bölişi kafolati ekani. Özbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon domla Işmatbekov şu kabi mavzularda söz yuritdi.
Covid-19 tarqalişining oldini olişga qaratilgan karantin çoralari kuçayib bormoqda. Kun.uz muxbiri şu mavzuda aholini qiziqtirayotgan qator savollarga javob oliş uçun Özbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon domla Işmatbekov bilan suhbatda böldi.
Juma namozini 3-4 kişi uyda öqiş mumkinmi?
Homidjon domla Işmatbekov
– Bismillahir rohmanir rohiym! Alhamdullilah, vassolatu vassalamu ala rasulillah! Özbekiston Musulmonlari idorasi ulamolar kengaşining jamoat namozlari, hatto juma namozlarini vaqtinça töxtatib turiş böyiça fatvosi xalqimizni, musulmonlarni yurtimizga kirib kelgan vabodan saqlaş maqsadida qabul qilindi.
Juma namozlari, jamoat namozlarini vaqtinçalik töxtatiş, uylarda öqişlik tavsiyasi hamma uçun.
Juma namozini 3-4 kişi bölsak ham, uyda öqib olsak böladimi, degan savollar bizlarga ham berilmoqda. Şu narsani biz yana bir karra mömin-musulmonlarga tuşuntirib qöyişimiz kerak böladiki, beş vaqt namozni ikki kişi bölsa ham öqisa, jamoat sanaladi. Uyida, öz oilasi bilan jamoat bölib öqisa, nur ustiga nur.
Ammo, juma namozining öqilişida faqatgina jamoat hozir bölişi kifoya emas. Uning alohida şartlari bor. Juma öqiladigan joy katta bir jome bölişi kerak. Juma namozi öqişga davlat tomonidan va muftiy tomonidan ruxsat bölişi kerak. Öşa ruxsat berilgan joydagina, juma namozi ado qilinadi, degan şartlar bor.
Ruxsat berilmagan joyda juma öqilsa, jumaga ötmaydi, degan masalalar bor. Şuning uçun, fatvoda oçiq-oydin aytildiki, 3-4 kişi emas, 10 kişi bölsa ham, keling, bugun juma ekan, uning savobini topaylik, deb, juma namozini ado etsa ham, u ruxsatsiz öqilgan qatoriga kiradi.
Payğambar alayhissolati vasallamning bir hadislari bor:
«Soğlom odam, muqimlikda qilayotgan ibodatiga Alloh taolo qança ajr bergan bölsa, safarga çiqqanida yoki bemor bölib qolganida qilgan ibodatiga, soğliğida, muqimligida qilgan mukammal ibodatining savobi beriladi», – deganlar.
Alloh, namozni ötirib öqiyapti, ruku-sajdasini töliq qilmayapti, şuning uçun, bunga yarim savob beraman, demaydi. Çunki banda öz holatidan kelib çiqib ibodatini ado etmoqda. Şuning uçun, xotirjam bölişsinki, uylarida yolğiz öqiyotgan namoziga, qani endi, masjid oçiq bölsa-yu, jamoatda öqisam, deb niyat qilib turibdimi, unga öşa 25ta yoki 27ta savobni beradi. Çunki, banda öz ixtiyori bilan masjiddan yoki jumadan qolayotgani yöq.
Mavzuga oid
Tarixda jamoat namozlaridan töxtatib turişga doir misollar bormi?
Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam şu darajada jamoatga tarğib qilganlarki, «men bir odamni imomlikka tayinlardim-da, uyma-uy yurib, jamoatga çiqmaganlarga qattiq munosabat qilgan bölardim», degan mazmunda hadislari bor.
Ya'ni, farovon paytda, imkoniyat bölsa-yu, dangasalik qilib jamoatga çiqmaganlarga tahdid qilganlar. Lekin, payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam qattiq yomğir yoqqanda, qattiq sovuq bölganda, namozga kelmay qöyaveringlar, degan ma'noda «sollu fi rihalikum» – «namozni uyingizlarda öqinglar» deb aytardilar.
Abdulloh ibn Abbosdan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu voqea payğambarimizdan keyingi davr, tobeinlar davrida bölgan. Qattiq sovuq bölgan kunlarning birida ibn Abbos azon aytayotgan muazzinga «hayya alas solah, hayya alal falah» – «namozga kelinglar, najotga kelinglar», degan jumlalar örniga, «namozni uyinglarda öqinglar deb aytgin» deb muazzinga tayinladilar.
Atrofidagi ayrimlar, nega odamlarni namozga çaqiriş lafzini özgartirib, uyinglarda öqinglar, deb jamoatga kelişni inkor qilyapsiz, deganlarida, hazrat ibn Abbos aytdilarki, bu işim mendan sodir böldi, deb öylayapsizlarmi, vaholanki, buni mendan köra afzalroq bölgan Rasululloh qilganlar.
Islomdagi qiyos ilmi haqida
Islomda qiyos degan narsa bor. Juda sovuq yoki juda qattiq jala yoqqanda aytilgan narsaning hozirgi koronavirus epidemiyasiga, karantin holatiga nima daxli bor, deyiş mumkin. Ammo bu – ilmsizlik oqibatidan kelib çiqadigan savol. Qur'oni Karimda, payğambarimiz alayhissolati vasallamning hadislaridagi bir voqea keyingi davrda yuzaga keladigan öxşaş voqealar yeçimi uçun olinadi.
Men soğman, tan-u jonim soğ bölsa, menga qöyib beraversin, ana kasalni davolasin, deydiganlar ham bölişi mumkin. Keçirasiz, keça soğ bölib turganning bugun kasali çiqib qolyapti. Bu – köpga kelgan töy. Bu yerda har bir fuqaro, har bir inson şu vaboga mubtalo bölmasligi yoki keng tarqalmasligi uçun öz hissasini qöşişi kerak.
Hissa qanday bölişi kerak?
Hissasini qöşiş degani, birinçi navbatda, nima tavsiya qilinayotgan bölsa, şuni bajariş kerak. Demak, birinçi navbatda ehtiyojsiz, zaruratsiz köçaga çiqmasin. Bozor-öçardan boşqa zarurat bölmasa, köçaga çiqmaslik darkor. Şuning uçun ommaviy tadbirlar töxtatildi, jamoat namozining töxtatilişining sababi ham şu. Kerak-nokerak köçaga çiqib, biror joylarga boriş ham şu xavfning ehtimolini köpaytiradi.
Ikkinçidan, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan har kuni televideniyeda har xil körinişda özining salomatligi uçun qölini yuviş, muloqot qilganda yuzini tösiş, yeyiş-içişda ham tozalikka rioya qiliş qat'iy ekani, har xil saqlaydigan vositalardan foydalanişni tavsiya qilyaptimi, unga sözsiz amal qilişimiz kerak.
Şunda infeksiyaning birovlarga ötişi yoki öziga ötişining oldini olişga hissa qöşgan böladi.
Xorijdagi vatandoşlarning ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlari haqida
Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallamning ham tabobat böyiça Alloh bildirgan ilmlari bölgan. Nabaviy tibbiyoti deyiladi. 500ga yaqin tibbiyotga oid hadislar vorid bölgan. Ulamolar alohida kitob qilib bitişgan.
Şular orasida vabo haqida ham hadis kelgan. Mazmuni quyidagiça: «Vabo çiqqan joyni eşitsangiz, u yerga kirmang, agar bir şaharmi, qişloqmi vabo tarqabdi desa, öşa yerda işingiz bölsa ham töxtab turing, bormang. Lekin siz turgan joyda birdan vabo tarqasa, bu yerda siz musofir bölsangiz ham vaqtinçalik turgan bölsangiz ham, toki, şu vabo barham topmagunça, bu yerdan çiqmang, vataningizga bölsa ham qaytib bormang».
Çunki, siz bu yerdan öşa narsani olib ketasiz, bilmaysiz, balki siz his qilmayotgandirsiz, lekin bu har xil bölişi mumkin. Vabo deganda birdaniga oşkor bölmas, ertaga 15-20 kundan keyin, borganingizdan keyin, qançadir odamlar bilan muloqot qilib qöyganingizdan keyin oşkor bölib qolsa, qança insonlar xastalanişiga siz sababçi bölib qolasiz.
Bu haqiqatda isbotini topyapti. Kelgan odamlarni izolyatsiya qilyapti. Boşqa odamlarga qöşmayapti, 14-15 kun boşqa joyga olib borib, tekşirib, ularda virus yöqligiga işonç bildirilgaç, ruxsat beryapti. Hozirgi tibbiy ilm şu narsani isbotladiki, bunday (ehtimoliy) kasallangan kişilarni tekşirmasdan xalq orasiga qöyib bölmaydi.
Mana, ijtimoiy tarmoqlarda közimiz tuşib qolyapti: aeroportda qolib ketdik, kabi gaplarni aytişmoqda. Balki ular iş bilan, öqiş bilan yoki biror xizmat yuzasidan borgandir. Bildiki, Özbekistonga bu virus kirib keldi. E'tibor beradigan jihati, bu ham xorijdan kelganlar bilan kirmoqda, bizda yöq edi. Bu endi, hammamiz uçun kelgan töy, sabr qiliş kerak, ozgina fidoyiligini namoyiş qiliş kerak. Balki, qiyinçilik bölsa-da, sabrsizlik qilmasdan, öşa yoqda işini davom ettirib turar.
Şunday bölsa-da, hukumat kelmoqçi bölgan fuqarolarga charter samolyotlar parvozini taşkil etmoqda. Barça joyda transport qatnovi töxtagan bir pallada, kelmoqçi bölganlarning hisobini olişga ham vaqt kerak. Lekin, 1-2 kun sabr qilolmaganlar ijtimoiy tarmoqqa çiqib, qiynalib ketganidan jar solmoqda.
Buning örniga, har kim, oğir bölsa-da, öz hissasini qöşişi kerak, bu narsalar bartaraf bölguniça. Şunda yuqorida eslab ötganimiz hadisga muvofiq, iş qilgan bölardik.
Musibat yoki qiyinçilikda qilinadigan tavba-tazarru, istiğfor haqida
Avvalo, biz doimo Alloh taologa duo qilib, iltijo qilib yurişimiz kerak. Ayniqsa, inson boşiga muşkul iş tuşsa, u xudojöy bölib qoladi. Payğambarimiz alayhissolatu vasallam ham qiyinçilik vaqtlarida Allohga köproq duo qilişni tavsiya qilganlar.
Alloh taolo Qur'oni Karimda insonning boşidan muşkulotlar kötarilişi, hayotining yanada farovon bölişi, osmon-u yerlardan barakotlar nozil bölişi, insonning mol-mulki va bola-çaqasi köpayişi uçun sabab böladigan narsa duo ekanini örgatgan.
Qur'onda: «Robbingizga tazarru bilan istiğfor ayting», ya'ni istiğfor ham duo, ya'ni gunohlarimni keçirgin, mağfirat qilgin Allohim, deb köp ayting, ana öşanda, «Alloh sizning gunohlaringizni keçiradi, sizga mol-mulklarni köpaytirib beradi, osmonlardan yomğirlar yoğdirib, yerlardan barakotlar çiqaradi, daryolarni serob qiladi, mevalarni köpaytiradi», deydi Alloh taolo. Ya'ni, butun mana şu hayotimizning farovon, tökin-soçin bölişini mana duoga boğlab qöymoqda.
Hasan Basriy degan tobein, uluğ zot bölganlar. U kişining yonlariga bir kişi kelib, kambağallikdan, hayotda röşnolik körmaganidan şikoyat qilganida, köp istiğfor aytişni tavsiya qilganlar. Ikkinçi bir kişi, befarzandligini aytganida, unga ham istiğfor aytişni buyuradi. Uçinçisi, yurtidagi qurğoqçilikdan şikoyat qilganida, unga ham şuni tavsiya qiladi. Buni kuzatib turgan şogirdi, hammasi turli muammolar bilan kelişdi, siz bir xil narsani tavsiya qilmoqdasiz, desa, yuqorida öqiganimiz oyatni öqib beradi.
Yunus alayhissalom qavmi qissasi haqida
Payğambarlardan ham örnaklar bor. Yunus alayhissalomni baliq yutib ketadi. U kişi baliq qornida «Laa ilaha illa anta subhanaka, inniy kuntum minazzolimin», ya'ni «Yakka yagona bölgan Alloh poksan, men özimga zulm qildim» deya, gunohlarini keçirişini sörab, faqat şu duoni takrorlayveradilar, Alloh taolo baliqning qornidan çiqaradi.
Qavmi payğambarni yolğonçiga çiqarib turgani bois, Yunus alayhissalom bu qavm qalbi oçilmadi, meni yolğonçiga çiqardi, uzoqdan kelayotgan bulutni serobçilik olib kelyapti, deb öylaşdi, aslida u balo edi, deya umidi uzilib, balo menga ham kelmasin, degan maqsadda şaharni tark etdilar. Şunda şahar aholisi tuşunib, tavba qilgandi, Alloh ulardan yaqinlaşib kelayotgan muqarrar baloni daf qilib yubordi.
Muhammad payğambarga salavot aytişning foydalari
Payğambarimiz «juma kuni menga köp salavot aytinglar», deb buyurganlar. «Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh taolo unga 10 marta salavot aytadi, ya'ni 10ta gunohini keçiradi, 10ta savob yozadi», deganlar.
Salavotning xosiyati – gunohlarimiz keçirilişida, muşkullarimiz oson bölişida, ofat-balolar kötarilişi va duolarimiz qabul bölişida. Payğambarimiz «duoni Alloh qabul qilişi uçun menga salavot bilan boşlab, salavot bilan tugatinglar, salavot şubhasiz qabul böladi, şunda ikki salavot örtasidagi duolaringiz ham qabul böladi», deb buyurganlar.
Duoni ixlos bilan qiliş zarur
Qanday duo bölişidan qat'i nazar, ixlos ham zarur. Farovonlikda, möl-kölçilikda yaşab turgan odamdan köra, boşiga iş tuşib turgan odamning duosi köproq ixlos bilan çiqadi. Şuning uçun, mana bunday paytlarda köproq duoda bölişimiz kerak.
Ya'ni, inson duo qilganida, Alloh meni eşitib turibdi, sözsiz qabul qiladi, degan ixlos bölişi kerak. Qani duo qilay-çi, qabul bölarmikan, keçadan buyon duo qilyapman, qabul bölmayapti, kabi umidsizlik bölsa, qabul bölmaydi.
Payğambar alayhissalomning hadislari bor: «Duoingiz qabul böladi, modomiki siz duoim qabul bölmayapti, deb umidsizlikka tuşmasangiz böldi», deganlar.
Biz duo qilamiz, uni qabul qiliş va'dasini Alloh taolo bergan: «Allohga xuşu'-xuzu' bilan, qalbingizdan xufyona duo qiling», degan. Yoki boşqa oyatlarda «menga duo qilinglar, ijobat qilaman», degan. Alloh taoloning va'dasi haq. Yetarki, inson umidsizlikka tuşmasin. Şunga binoan, baloning daf bölişi uçun duoni ham yoddan çiqarmaslik kerak.
Sadaqa raddi balo
Ofatni daf qiladigan vositalar qatorida duo dedik. Bundan taşqari, sadaqot ham baloni daf qiladi. Sadaqa beriş bilan baloni daf qilinglar, degan mazmundagi hadislar bor. Yetim-yesir, muhtojlarning könglini kötarib, kambağallarga yordam qilib, ayniqsa, boy-badavlat kişilar bölsa, ehson qilişlik bilan Alloh taolodan baloni daf qilişni söraş ham bir vosita.
Şu ma'noda, Özbekiston Musulmonlari idorasi ham joylardagi vakilliklarga şunday bir tavsiya bilan çiqdiki, masjidlarda imkoniyatga qarab, balki homiylar yordamida qurbonliklar qiliş, ularni muhtojlarga, kambağallarga tarqatiş, Alloh taoloning kalomi – Qur'oni Karim xatmi Qur'on qilinsa, öqilgan joyga Allohning rahmati nozil böladi, balolar kötariladi.
Xatmi Qur'ondan keyin qilingan duo ham sözsiz ijobat. Şu ma'noda, qorilarga xatmi Qur'on qilişlik tavsiya qilindi.
Albatta, keng xalq ommasiga ham, imkoniyati bor kişilar xoh Qur'on tilovati, zikr-salavot bilan maşğul bölsa, yon-veridagi insonlarga ixlos bilan imkoni darajasida sadaqot qilsa, mana şu ofat daf bölişining katta bir omillaridan böladi.
Bu – dinimizda tavsiya qilingan, tajribalarda bölib ötgan narsalarki, hozirgi paytda şu narsalarni amalga oşirişligimiz ayni muddao böladi.