Bu haqda IIV Axborot xizmati boşliği Şohruh Ğiyosovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Hozirda karantin tartibini qasddan buzgani uçun jinoyat işi qözğatilgan surxondaryolik A.Aşurovning qilmişi oqibatida, u muloqot qilgan 8 nafar oila a'zolari, yaşaş manzili böyiça tibbiy karantinga olinişiga majbur bölingan.

Xuddi şunday, Toşkent viloyati Parkent tumanida yaşovçi T.Eşovning bepisandligi 6 nafar oila a'zolarini karantinga olinişiga sabab bölgan.

Buxorolik Ş.Ravşanov esa, özining aqlsiz qilmişi oqibatida 4 nafar oila a'zolarini karantinga olinişiga sababçi bölgan.

Uşbu fuqarolar tibbiy karantinni buzişlari oqibatida nafaqat özlarining, balki oila a'zolarining ham hayotini xavf ostiga qöydilar.

Şuning uçun, karantinda saqlanayotgan barça fuqarolarimizni ogohlantiramiz: karantin qoidalariga jiddiy munosabatda böling. Öylamasdan qilgan harakatingiz nafaqat özingizni, balki atrofdagilaringizni hayotiga xavf tuğdirişi mumkin. Har biringizga hududiy profilaktika inspektorlari biriktirilgan. Ularning talablariga qat'iy amal qiling. Uyingizni yoki tibbiyot maskanini aslo tark etmang. Ular haqiqatdan ham sizning xavfsizligingiz uçun işda qolmoqdalar.

Karatindan taşqari bölgan fuqarolarimizni ham ogohlantiramiz, jiddiy zaruratsiz köçaga çiqmang. Köçaga çiqqan taqdiringizda tibbiy niqoblardan foydalaning», – dedi IIV Axborot xizmati rahbari.

Eslatib ötamiz, 23 mart kunidan e'tiboran butun mamlakat böylab tibbiy niqobsiz harakatlaniş taqiqlandi. 25 martdan köçaga niqobsiz çiqqan fuqarolar jarimaga tortiladi.

Karantin qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda.