Karantin davridagi qonun-qoidalar bilan tanişmisiz? Qonunçilikda qanday me'yorlar bilan belgilangan? Şu kabi savollar yuzasidan IIV huzuridagi tergov departamenti boşliği örinbosari Oybek Qulbekovga murojaat qildik.

 – Karantin qoidalarini buzgan şaxslarga qonunçilikda qanday javobgarlik belgilangan?

– Karantin qoidalarini buzgan şaxslar uçun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan. Hozirgi paytda 3 ta hududda bunday qonunbuzarlar aniqlangan. Ular Surxondaryo viloyati Denov tumani, Toşkent viloyati Parkent tumani, Buxoro viloyati Şofirkon tumanida yaşovçi fuqarolar ekanligi aniqlangan. Ularga nisbatan Karantinda saqlaş qoidalarini buzganligi, karantin hududini öz boşimçalik bilan tark etib, yaqinlarini va tanişlarini xavf ostida qoldirganligi uçun jinoyat işlari qözğatilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bundan taşqari yana 4 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining tegişli moddalarga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

– Jazoni ijro etiş muassasalarida qanday karantin çoralari körilgan?

Oybek Qulbekov

– Jazoni ijro etiş muassasalari hozirgi kunda töliq yopilib karantin holatiga ötkazilgan. U yerda saqlanayotgan ayblanuvçilar, sudlanuvçilar va mahkumlarni koronavirus kasalligini yuqtirib olmasliklari uçun barça zaruriy çoralar belgilangan. Jumladan, ularni öz vaqtida dezinfeksiyadan ötkaziş, har ikki soatda haroratini tekşiriş işlari amalga oşirilmoqda. Bundan taşqari favquloddagi vaziyatlar uçun maxsus kameralar tayyorlangan.

– Fuqarolarning uylariga “uyingizni dezinfeksiya qilamiz”, deb kelsa nima qiliş kerak?

– Özini Sanitariya epidomologiya markazi xodimiman deb taniştirib, uyida dezinfeksiya qiliş bahonasida öğirlik, firibgarlik yoki talonçilik kabi jinoyatlarni sodir qilişni rejalaştirgan fuqarolar ham bölişi mumkin. Heç qanday Sanitariya epidomologiya xodimi sababsiz uyiga eşik taqillatib kelmaydi. Faqatgina kasallik aniqlanganda yoki öşa xonadonda yaşovçi fuqaroda kasallik aniqlanganda dezinfeksiya çoralari köriladi. Sababsiz “biz dezinfeksiya qilmoqçimiz” deyişganda uyga kirişiga rozi bölmaslik va darhol Içki işlar organlariga murojaat qilişlari kerak. Bundan taşqari fuqarolar tegişli xizmat guvohnomalarini talab qilişga huquqi bor.