Tibbiy himoya vositalari zaxirasi yetarli - Almatov
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining himoya vositalarida taqchillik mavjud emas.
Respublikada tibbiyot xodimlari uchun kerakli himoya vositalarining yetarli zaxirasi mavjud. Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatovning ma'lum qilishicha, ular zaruratga qarab ishlatilmoqda, taqchillik yo‘q.
«Tibbiyot xodimlarining himoyalanishi uchun mo‘ljallangan kombinezonlar yetarlicha mavjud. Respublikada yetarli zaxira yaratilgan. Tuman tibbiyot birlashmalarida, har bir davolash muassasalarida avvaldan bor bo‘lgan kiyimlar ham mavjud. Zaruratga qarab ishlatilmoqda. Kerak bo‘lganda markazlashgan holda ta'minlash masalasi ham ko‘rib chiqilgan», deya Bahrom Almatovning AOKA maxsus shtabida o‘tkazilgan brifingdagi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Almatovning so‘zlariga ko‘ra, har bir viloyatga 1000ga yaqin yaqin kombinezon, ko‘zoynak, 10 mingdan ortiq tibbiy niqoblar yetkazib berilgan.
«Tibbiyot xodimlarini zararsizlantiruvchi (dezinfeksiya) vositalar bilan ta'minlash choralari ham ko‘rilib, hozirgi kunda barcha viloyatlarda zaxiralar yaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Xorazm viloyatlarida tashkil etilgan maskanlarga chet eldagi fuqarolar olib kelingan. Ular 14 kunlik karantinda saqlanmoqda. Ularga xizmat qilishga jalb qilingan xodimlarning barchasi kerakli vositalar bilan ta'minlangan holda ishlashmoqda», deya qo‘shimcha qildi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

18:19 / 09.02.2024
Qozog‘istonda tibbiy niqob taqish rejimi qaytadan joriy qilindi

17:29 / 22.04.2022
Ozarboyjonda majburiy niqob taqish rejimi bekor qilinadi

18:35 / 14.03.2022
Moskvada niqob taqish rejimi bekor qilindi

17:10 / 11.03.2022