Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi, deb ma'lum qildi IIV matbuot xizmati boşliği Ş.Ğiyosov.

Unga köra:

  • Toşkent şahriga yuk taşiş maqsadida kiriş va çiqişga çeklov bölmaydi; 
  • Toşkent şahrida doimiy röyxatdan ötgan fuqarolar hamda çet el fuqarolari özlarining şaxsiy transport vositalarida Toşkent şahriga kirişlari mumkin. Biroq Toşkent şahridan çiqiş uçun çeklov örnatiladi;
  • piyodalar uçun Toşkent şahriga kiriş va çiqişga tösiq qöyilmaydi.

«Mazkur çeklov çoralari yuzasidan maxsus komissiya tomonidan mulkçilik şaklidan qat'i nazar barça taşkilotlarga işçi va xodimlarini masofadan işlaş tizimiga ötkazişi, mehnat ta'tilini berişi yoki xodimning iş vaqtini qisqartirilgan şaroitga (masalan, kuniga 4 soatlik iş rejimi) ötkazişi yoxud iş haqi saqlanmagan holda öz hisobidan ta'til berişi tavsiya etilgan», – deyiladi IIV xabarida.

Ayni paytda, «Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» Hukumat qarori ham e'lon qilindi.

Unga asosan, boşqa hududlardan Toşkent şahriga kiriş (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yöl orqali) 24 martdan boşlab töxtatiladi. Quyidagi hollar bundan mustasno:

  • Toşkent şahrida doimiy röyxatdan ötgan şaxslar;
  • Toşkent viloyatida doimiy röyxatdan ötgan holda Toşkent şahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oşirayotgan davlat organlari va muassasalari xodimlari (nodavlat taşkilotlarda – iş beruvçi tomonidan taqdim etiladigan tegişli ruxsatnoma asosida);
  • yuk taşiş bilan boğliq hollarda Toşkent şahriga kiriş va çiqişga ruxsat beriladi.

Toşkent şahriga kiruvçi va çiquvçi şaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlaş böyiça majburiy tibbiy nazorat örnatiladi.

Toşkent şahar hokimligi şaharda faoliyat yuritayotgan (mulkçilik şaklidan qat'iy nazar) korxona va taşkilotlarga murojaat bilan