«Hindiston va har bir hindni saqlab qoliş uçun uydan çiqiş butunlay taqiqlanadi.

Biz virus tarqalişi zanjirini töxtatişimiz kerak, aloqa qilişdan saqlaniş va odamlar bilan masofani saqlaş – profilaktikaning eng yaxşi uslubidir. Keçasi uyingizdan çiqmasligingiz kerak. Bu har bir tuman uçun, har bir qişloq uçun ham taalluqlidir», –  deya Modining sözlarini keltiradi The Times of India.

U hatto «derazadan burunni çiqariş» ham odamlarning hayotiga xavf solişini qayd etib ötgan.

Modi hukumat koronavirusga qarşi kuraş uçun 2 mlrd dollar ajratişi va Hindiston soğliqni saqlaş tizimidagi ahvol yaxşilanişini ma'lum qilgan.

Karantin uç hafta davom etadi.

Reuters ekspertlarining qayd etişiça, Hindistonda dastlabki holatlar yirik şaharlarda qayd etilgan bölsa, hozirda virus nisbatan kiçik aholi yaşaş punktlariga ham kirib borgan. Çekka hududlardagi soğliqni saqlaş tizimlari virus keng avj olişiga bardoş bera olmasligi mumkin. Hindiston hukumatining bu qarorigaça butun dunyoda koronavirus tufayli har beşinçi kişi – 1,7 milliarddan ortiq odam karantinda edi.

Şu kabi çoralar avvalroq Nepalda va Pokistonning ayrim hududlarida joriy etilgandi. Koronavirus tufayli uyni tark etiş Buyuk Britaniya aholisiga ham taqiqlandi, hukumat şu vaqtga qadar köçalarda harakatni çeklaşga jazm qilmayotgandi.

  • 24 mart holatiga köra, Hindistonda 519 kişida virusdan zararlaniş holati qayd etilgan, şundan 10 kişi vafot etgan, 40 kişi tuzalib ketgan.
  • 22 mart kuni infeksiyaga qarşi kuraş doirasida Hindistonda 14 soatlik komendantlik soati joriy etilgandi.
  • Pandemiya tufayli Hindistonda 31 martga qadar temir yöl orqali yölovçi taşiş töxtatilgan. Bungaça mamlakatdagi poyezdlarda har kuni 25 million kişi taşilardi.