24 martdan boşlab Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi nazorat-ötkaziş punktlari yopiladi. Bu haqda Tojikiston TIV vakili ma'lum qildi.

"Mavjud vaziyat tufayli 24 martdan boşlab tojik-qirğiz çegarasidagi barça nazorat-ötkaziş punktlari vaziyat barqarorlaşguniga qadar yopiladi", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.

Uning sözlariga köra, bu çeklov Tojikistonga kirib kelayotgan mamlakat fuqarolari va Tojikistondan çiqib ketayotgan xorijliklarga, yuk maşinalari haydovçilari, Tojikistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatlar va ularning oila a'zolari hamda hukumat delegatsiyalariga taalluqli emas.

Avvalroq Tojikiston Özbekiston, Afğoniston va Xitoy bilan çegaralarini yopgandi. Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, 24 mart holatiga Tojikistonda koronavirusga çaliniş bilan boğliq holat qayd etilmagan.