Kommunal to‘lov hisobini yuritishning masofaviy shakllari ma'lum qilindi
Iste'molchilar o‘z xonadonlaridan chiqmagan holda, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni elektron tarzda mobil to‘lov tizimlari orqali to‘lab borishlari mumkin. Bu haqida Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Shavkat Haydarov onlayn brifingda xabar berdi.
«Karantin davrida byuro davlat inspektorlari fuqarolarimiz bilan masofadan turib, energiya resurslari, tabiiy gaz hisoblash uskunasi ko‘rsatkichlari hisobini yuritishda, yangicha, masofaviy va qulay imkoniyat yaratildi. Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni «PayMe», «Paynet», «Click», «UPay» va boshqa mobil ilovalar orqali uydan chiqmasdan turib ham to‘lash mumkin», deya Shavkat Haydarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, hozirgi vaziyatda iste'molchilar elektr va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlarini fotosurtaga olib, Telegram tarmog‘idagi maxsus Bot’ga yuborishlari mumkin. Byuro davlat inspektorlari ushbu ko‘rsatkichlarni maxsus elektron bazaga kiritib borishadi.
«Byuroning rasmiy mib.uz sayti orqali iste'molchilarimiz energiya resurslari va qattiy maishiy chiqindilar bo‘yicha mavjud qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlarga ega bo‘lishlari hamda aniqlangan qarzdorliklarni elektron-onlayn tarzda bartaraf etishlari mumkin. Byuro organlarida fuqarolarni qabul qilish masofadan turib, onlayn tarzda amalga oshirilishi joriy etildi.
Byuro faoliyatiga oid har qanday masala yuzasidan tunu-kun faoliyat ko‘rsatayotgan Call center markazining qisqa «1107» raqamli ishonch telefoni qabul qilinmoqda, fuqarolarimiz murojaatlarni mib.uz veb-sayti orqali ham onlayn rejimida yuborishlari mumkin», deya qo‘shimcha qildi MIB direktor o‘rinbosari.
Mavzuga oid
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
07:37 / 08.11.2024
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024