«Hukumat va tibbiyot tavsiyalariga asosan, şahzod va gersoginya (şahzodaning rafiqasi Kamilla Parker Boulz Kornualskaya) Şotlandiyadagi uyida karantinga olingan. Şahzodaning kimdan virusni yuqtirib olgani ma'lum emas, lekin sönggi haftalarda omma oldiga köp çiqqani va haddan ziyod köp topşiriqlarni bajargani tufayli koronavirus bilan kasallangan bölişi mumkin», deyiladi Vestministr rezidensiyasi axborotida.

Yanvarda Xitoyning Uhan şahrida tarqala boşlagan koronavirus bugunga kelib dunyoning aksar mamlakatlariga kirib bordi. Xitoyning özida virus çekinayotgan bir vaqtda Italiya, Ispaniya va Eron kabi davlatlar koronavirusning yangi tarqaliş öçoqlari aylangan.

  • 25 mart holatiga köra, butun dunyoda 190dan ortiq mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 460 mingdan oşib ketdi, şundan 113 mingdan ortiq kişi tuzalgan, 21 mingga yaqin kişi virus qurboniga aylangan.

Virusni yuqtirganlar orasida dunyoga taniydigan maşhurlar ham bor. Ha, virus odam tanlamaydi, unga neçta oltin medalingiz borligi, neça marta «Oskar» mukofotini qölga kiritganingizning qiziği yöq. U özini ehtiyotlamagan har kimga yuqaveradi...

19 mart kuni Monako knyazi Alber II koronavirus yuqtirgani ma'lum böldi. Grimaldi sulolasi vakillari ayni vaqtda knyazning ahvoli yaxşiligini bildirişgan. Virus Monako yetakçisining hayotiga xavf solayotgani yöq.

Monako knyazi Alber II
© Pierre-Emmanuel Deletree/Pool Photo via AP

Şu haftada Germaniya kansleri Angela Merkel ham koronavirus ehtimoli tufayli özini izolyatsiya qilgandi. Uni 20 mart kuni emlab qöygan şifokorda koronavirus tasdiqlangaç, u şunday qarorga kelgan.

Hukumat rasmiysi Şteffen Zaybergning xabar qilişiça, sönggi kunlarda u ikki marta test topşirdi va ikki safar ham unda kasallik aniqlanmadi. Kansler payşanba kuni «Katta yettilik» va «Katta yigirmatalik» sammitlarida iştirok etişga taraddudlanmoqda. Bu ikki sammit videoaloqa orqali ötkaziladi.

Şuningdek, Yevropa Ittifoqining içki bozor masalalari böyiça komissari Mişel Barne ham koronavirus yuqtirgani ma'lum böldi. Barne Fransiyadagi öz uyida karantinda ötiribdi. U yevropaliklarni ehtiyot bölişga va sababsiz köçaga çiqmaslikka çaqirib, «virusga qarşi jangda faqat hamjihatlikda ğalaba qozona oliş mumkinligi»ni aytmoqda.