Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay qochib ketgan Nexia haydovchisi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
Ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda oq Nexia haydovchisi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay qochib ketgani tasvirlangan videolavha joylashtirildi.
Toshkent shahar IIBB ma'lumotiga ko‘ra, ushbu videotasvirlar joriy yilning 22 mart kunidan 23 mart kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 02:00da Yashnobod tumani Shahrisabz ko‘chasida tasvirga olinganligi aniqlandi.
Yashnobod tumani IIO FMB 2-son IIB tomonidan xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari o‘z xizmat yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan vaqtda, oq rangli Nexia rusumli avtomobil egasi 27 yoshli A.X. ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtash ishorasi ko‘rsatilganiga qaramasdan, o‘z harakatini davom ettirgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylandi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026