Prezidentning “Özbekiston Respublikasida suriştiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, ötgan yillar davomida mamlakatda suriştiruv va tergov faoliyatini takomillaştiriş, jinoiy ta'qibni amalga oşiriş jarayonida insonparvarlik prinsiplariga asoslangan holda heç bir şaxsning huquq va erkinliklari, şa'ni va qadr-qimmati kamsitilişiga hamda sodir etmagan qilmişi uçun nohaq javobgarlikka tortilişiga yöl qöymaslikni ta'minlaş borasida muayyan işlar amalga oşirildi.
Islohotlarning samaradorligini ta'minlaşda jinoyatçilikni jilovlaş, jinoiy qilmişlar uçun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlaş borasidagi işlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu bilan birga, suriştiruv va tergov amaliyoti tahlili jinoiy ta'qibni amalga oşiruvçi organlarining faoliyati samaradorligiga tösqinlik qilayotgan, jinoyatlarni foş etişga kömaklaşuvçi organlarning xolisligiga salbiy ta'sir körsatayotgan tizimli muammo va kamçiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.
Jumladan:
birinçidan, jinoyatlarni tergov qiliş sohasida kadrlarni tayyorlaş va ular malakasini oşiriş, tergovçilik kasbida muhim örin tutadigan “ustoz-şogird” an'analari töğri yölga qöyilmagan;
ikkinçidan, sud ekspertlarining sud ekspertizasini tayinlaydigan organlardan (şaxslardan) mustaqilligi yetarliça ta'minlanmagan;
uçinçidan, jinoyatlarni foş etişda suriştiruv va dastlabki tergov organlariga kömaklaşuvçi şaxslarning, şu jumladan sud ekspertlari va kriminalistlarni tayyorlaşning samarali mexanizmi, şuningdek ularni sohada uzoq yillar faoliyat körsatişi uçun yetarli şart-şaroitlar şakllantirilmagan;
törtinçidan, suriştiruv, dastlabki tergov va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasida foş etilmagan jinoyatlar, şaxsi aniqlanmagan murdalar, bedarak yöqolgan şaxslar va jinoyatga aloqador boşqa ma'lumotlarning yagona integratsiyalaşgan elektron ma'lumotlar bazasi yaratilmagan;
beşinçidan, suriştiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini tartibga soluvçi, suriştiruvçi va tergovçilarning huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, ularni lavozimiga tayinlaş va lavozimidan ozod etiş tartibini belgilovçi yagona normativ-huquqiy hujjat işlab çiqilmagan.

















