Oila boşliği Mansur Kenjayev yöl boşidagi qurilişda mardikorçilik qilib işlab turgan ekan. U uyiga yöl boşladi.

2004 yilda turmuş qurgan Mansurbek va Nilufarxonlar oilasida birin-ketin farzandlar tuğilgan. Ikki öğil va ikki qiz körişgan. Farzandlarning kattasi 15 yoşda. Kenjatoy Maqsudbek 6 yoşda. Maqsudbek saratonning oğir formasidan biri — Noxojkin limfomasi, ya'ni limfa tizimi saratoniga uçragan.

Maqsudbekning tuzalişi uçun avval ham Kun.uz saytida xayriya aksiyasi ötkazilgan edi. 2018 yildan buyon u 8 marta kimyo terapiya kursini olgan. Ayni paytda onasi bilan Qarşi şahrida töqqizinçi nur kursini ötamoqda.

Bolalarning otasi Mansur Kenjayevning aytişiça, ayoli bemor farzandlarining parvarişi bilan band. Bir özining mavsumiy işlarda mehnat qilib topayotgan puli, oğir kasal farzandini davolatişga yetmayapti.

Oila yangi imorat qurib, 2 ta xonani bitirib köçib kirgan. Uylarining içki devorlari hali risoladagidek suvoq, hattoki pol qilinmagan. Tuproq.

Boz ustiga, 9 yoşli Nozimaga ham tuzalişi qiyin bölgan dard yopişdi. U kamyob allergiya kasaliga duçor bölgan.

Bu oilaga davolaniş uçun hamyurtlarimizning kömagi juda zarur. Ona uç yildirki kasal bolasining parvarişi bilan band. Birgina otaning mardikorçilik qilib topayotgan puli rözğorga ham, bolalarini davolatişga ham yetmayapti. Ayni kunlarda oila qarz-havola qilib dori-darmonga pul topib, bolasini davolatmoqda.

Biz hamyurtlarimizdan jafokaş oilaga yordam qölini çözişni sörab qolamiz. Xayriya qilmoqçi bölganlar Maqsudbek va Nozimalarning onasi Nilufar Xamrayeva nomiga oçilgan plastik kartoçkaga pul ötkazib berişlari mumkin: