Bu savol köpçilikni öylantiryapti. Biroq bir vaqtning özida uyda – masofadan işlaş metodi aksar taşkilotlarda bir neça yillardan beri işlatilmoqda va ommalaştirilmoqda, deb yozadi Jahon iqtisodiy forumi saytida Ian Sanders.
Hozir dunyoning köp joylarida mahalliy hokimiyat vakillaridan tortib startaperlar va katta taşkilotlar ham xodimlariga uydan işlaşga ruxsat berişgan va buni qöllab-quvvatlaşyapti.
«Bundan taşqari, koronavirus infeksiyasi ta'siri qançaga çözilişi haqida heç kim bilmaydi va bu yana qançalab odamni iş ofislaridan çiqişga majbur qilişi mumkin. Biroq yaxşi tarafi, xodimlar işini taşkil qilişning yangi usullari ham paydo bölişi mumkin.
Men hali juda kam odam uyidan turib işlaydigan paytlarda – bundan 20 yil oldin uydan turib işlaşni boşlagan edim.
Boşida öta ijtimoiy muhitdagi kompaniyada işimni taşlab, uyda iş boşlaşga örganişim qiyin bölgan. Bunda men özimni juda yolğiz ham his qilganman.
Biroq 20 yil ötgaç, men qanaqa qilib uyda işlab turib ham kreativ, faol böliş mumkinligini va köp narsaga ulguriş mumkinligini örgandim», – deb yozadi muallif.
Uning aytişiça, uy şaroitida işlaş uçun qilgan birinçi qarori – iş vaqtida televizorni öçirib qöyiş bölgan.
«Sizning ham birinçi marta uydan turib işlaşni qanday taşkil qiliş haqida könikmangiz bölmasligi mumkin. Buning uçun biror qöllanmaning özi ham yöq, faqat öz yölingizdan borişingiz kerak, xolos.
Bu – xuddi men 2000 yillarda reja qilganimga öxşaş vaziyat. Bu yerda siz ham boşlaşda foydalanişiningiz mumkin bölgan ayrim qoidalarim bor.
Uyda işlaş uçun eng birinçi qoida bu – uyni tark etiş! Bu iş kunlari doimiy belgilangan vaqtda toza havoga çiqişni anglatadi. Men har kuni «işga boraman», ya'ni iş vaqtim boşlanişidan oldin ozgina toza havo olib kelaman.
Bunda taşqari, menda haftasiga ikki marta yugurişga çiqiş odati bor», deb yozadi mualif.












