Vazirlar Mahkamasining şu yil 23 martdagi qarorida fuqarolar tomonidan Internet jahon axborot tarmoği va telefon aloqasi uçun tölovlar öz vaqtida amalga oşirilmaganligi sababli ikki oy davomida öçirilişiga yöl qöyilmasligi belgilandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi mazkur masalada fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilar tomonidan uşbu qaror böyiça kelib tuşayotgan savol va murojaatlarga izoh berdi.
«Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Özbekistonda 24 martdan boşlab fuqarolar tomonidan internet va telefon aloqasi uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşirmaganlik uçun 2 oy davomida öçirilişiga yöl qöyilmasligi belgilangan.
Mazkur qarorga köra, litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari, ikki oy davomida simli telefon aloqasi (xalqaro telefon sözlaşuvlardan va mobil aloqasidan taşqari) hamda internet jahon axborot tarmoğiga simli va simsiz ulaniş xizmatlari uçun tölovlar öz vaqtida amalga oşirilmagan hollarda abonentlar tarmoqdan öçirilmasligi ta'minlanadi.
Şu bilan birga, taşqi internet trafigi çeklangan tarif rejalarida limitdan taşqari trafik narxini arzonlaştiriş imkoniyatlari örganib çiqilmoqda.
Bu haqida, fuqarolarimizni internet va simli telefon aloqasidan foydalanişda yaratilgan qöşimça qulayliklar töğrisidagi ma'lumotlar bilan rasmiy veb-sahifalarda, SMS-xabarlarni yuboriş hamda ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etib boramiz.
Ta'kidlaş kerakki, hozirgi vaqtda respublikada uzluksiz aloqani ta'minlaş va fuqarolarimizga imkoniyatlar yaratiş maqsadida telekomunikatsiya operatorlari ham faol iştirok etmoqda.
Fuqarolarimizni oxirgi yangiliklardan xabardor qiliş maqsadida telekommunikatsiya operatorlari abonentlariga eng köp öqiydigan ommaviy axborot vositalarining manbalari — uzreport.news, xabar.uz, daryo.uz, gazeta.uz, kun.uz, podrobno.uz, repost.uz, uznews.uz, spot.uz’dan bepul foydalaniş imkoni taqdim etildi.
Fuqarolarimiz, barça telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari körsatgan xizmatlari uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşirişi bu tarmoqning sifatli işlaşiga ta'sir körsatadi.













