Jizzax viloyat hokimining “Koronavirus infeksiyasi tarqalişini oldini oliş maqsadida Jizzax şahrini karantinga oliş töğrisida”gi 2020 yil 27 martdagi 101-sonli qarori imzolandi.

Qaror viloyat hududiga koronavirusning yangi turi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan viloyat ştabi qarorlari ijrosini ta'minlaş, şuningdek, viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va xavfsizligini ta'minlaş, koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini olişda mutasaddi davlat va xöjalik boşqaruvi organlari hamda taşkilotlarning muvofiqlaştirilgan faoliyatini taşkil etiş, fuqarolarning hayoti va soğliğini muhofaza qiliş maqsadida qabul qilindi.

Viloyat hokimining 2020 yil 25 martdagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan viloyat hududiga koronavirusning yangi turi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan viloyat ştabi qarorlariga muvofiq Jizzax şahriga 2020 yil 28 mart soat 00.01dan boşlab kiriş va çiqiş töxtatildi.

Viloyat Içki işlar boşqarmasi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi bilan Jizzax şahriga kiriş çiqişni nazorat qiliş uçun qöşimça yöl-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar taşkil etadi.

Jizzax şahriga kiruvçi va çiquvçi şaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlaş böyiça majburiy tibbiy nazorat örnatiladi.

Taşkil etilgan yöl-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlarini pirometrlar (masofadan tana haroratini ölçovçi) va ötişga ruxsat etilgan avtotransport vositalarini majburiy ravişda dezinfeksiya qilinadi.

Jizzax şahridagi “Yoşlar şaharçasi”, “Istiqlol” va “Örda” ekologik istirohat boğlari faoliyati töxtatilib, fuqarolarning boğ hududiga kirişi ta'qiqlanadi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuçaytirilgan tartib joriy etilib, tartibning amal qiliş davrida quyidagilar kiradi:

Boşqa hududlardan Jizzax şahriga kiriş va çiqiş, şuningdek şahar içida harakatlanuvçi avtobus, mikroavtobus vositalarining harakatlanişi töxtatiladi, yengil avtomobillarning harakati qisman çeklanadi;

Jizzax şahrida doimiy röyxatdan ötgan şaxslar, şuningdek, boşqa tumanlarda doimiy röyxatdan ötgan holda Jizzax şahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oşirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat taşkilotlarida iş beruvçi tomonidan taqdim etiladigan tegişli ruxsatnoma asosida) xodimlari özlariga biriktirilgan xizmat va xususiy avtomaşinalarida yoki avtotransport vositasini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlar asosida boşqarişi mumkin bölgan avtotransport vositalarini belgilangan tartib va qoidalarga qat'iy rioya qilgan holda yuk taşiş bilan boğliq hollarda Jizzax şahriga kiriş va çiqişga ruxsat beriladi;