Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Karantin davrida plastik kartalar bilan muammo bo‘lmaydi» - MB
Respublikada transport qatnoviga bir qator cheklovlar bo‘lib turgan vaziyatda plastik kartalardan foydalanishda muammo yuzaga kelmaydi, buning uchun yetarli resurslar mavjud, deb ma'lum qildi Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov.
Husanxo‘ja Obidov Foto: KUN.UZ
Markaziy bank vakiliga ko‘ra, plastik kartalardan foydalanish va ulardagi mablag‘larni naqd pulga aylantirish bo‘yicha to‘siqlar mavjud emas.
Markaziy bank tomonidan bu bo‘yicha tizimli monitoring tashkil etilgan.
«Shahar bo‘ylab transport harakati vaqtincha cheklanganiga qaramay, barcha bankomatlar yetarli darajada naqd pul bilan ta'minlangan. Ularda yetarli pul zaxirasi mavjud.
Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarida to‘lov terminallarining doimiy asosda ishlab turishi bo‘yicha ham nazorat o‘rnatilgan», dedi Obidov 30 mart kungi brifingda.
Ma'lum qilinishicha, respublika bo‘yicha 400 015 ta to‘lov terminallari hamda tijorat banklarining 5000dan ortiq bankomatlari ishlab turibdi.
Mavzuga oid
09:30 / 14.02.2026
Markaziy bank qo‘mitasi: 4 to‘lov tashkiloti ogohlantirildi, 8 ta tashkilotga jarima
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
16:42 / 05.02.2026