Kun.uz’ga voqea guvohlarining xabar berişlariça, 27 mart kuni Navoiy viloyati Xatirçi tumanidagi 33-qişloq oilaviy poliklinikasiga, ariqdagi suv oqib ötayotgan quvurga 10 daqiqa davomida tiqilib qolib, suv yutgan 2 yoşli Azizbek Şuhratov klinik ölim alomatlari bilan olib kelinadi.
Poliklinika şifokori, jarroh Komil Rayimov hamda boşqa şifokorlar iştirokida bola hayoti qutqarib qolinib, Xatirçi tuman tibbiyot markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Ma'lum qilişlariça, hozir bolaning ahvoli qoniqarli va unga uyiga javob berib yuborilgan.













