«Karantin kasallikning yaşirin davri uçun belgilangan muddat hisoblanadi. Şuning uçun karantin davrini tugatiş masalasi eng oxirgi aniqlangan bemor ham şifoxonaga yotqizilib, alohidalangandan 14 kun ötgandan söng boşqa heç kimda kasallik aniqlanmaganiga töliq işonç hosil qilingandan söng körib çiqiladi.
Karantin davrini tugatiş Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra amalga oşiriladi», deya ma'lumot berdi Nurmat Otabekov.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlangan ilk bemor aniqlanişi ortidan 16 martdan çeklov çoralari joriy etila boşlandi. Avvaliga barça ta'lim muassasalari yopildi, keyinroq Özbekiston xalqaro transport aloqalarini töxtatdi, mart oyining sönggi ön kunligi davomida köp kişi töplanadigan turli tadbirlar bekor qilindi, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari yopildi, oy oxiriga kelib mamlakatda tibbiy niqobda yuriş majburiy qilib qöyildi, viloyatlararo transport harakati çeklandi, şaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlaniş taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan çiqmaslik tavsiya etilmoqda.
Respublika maxsus komissiya tomonidan joriy etilgan qat'iy çoralar 20 aprelga qadar amalda bölişi közda tutilgan.












