1 apreldan boşlab Toşkent, Nukus şaharlari va viloyatlar markazlarida «özini yakkalaş» hayot tarzi joriy etiladi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, 65 yoşdan yuqori bölgan fuqarolarga uyidan taşqariga çiqiş qat'iyan man etiladi. Zarurat bölgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinçi galdagi tovarlar dökoniga çiqişga ruxsat etiladi.
«Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq, koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasi tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini ta'minlaş hamda virusni yuqtirib olgan bemorlar salomatligini tiklaş yuzasidan zarur vazifalar amalga oşirilmoqda.
Bunda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va koronavirusga qarşi kuraşişda tajribaga ega mamlakatlar (Xitoy, Janubiy Koreya) mutaxassislarining tavsiya va maslahatlariga qat'iy amal qilinmoqda. Aholi, ayniqsa yoşi uluğ insonlarni uşbu epidemiyadan işonçli himoya qiliş maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilinib, muayyan tartiblar örnatilmoqda», deyiladi komissiya axborotida.













