Joriy yilning 15 martida Kun.uz sayti orqali «UzAuto Motors’ning tuzatib bölmas nuqsoni bor maşinasini olgan fuqaro: «Yangi Cobalt oldim, desam boşimga ğalva sotib olgan ekanman» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Unda andijonlik Ismoiljon Vahobovning avtosalondan sotib olgan yangi Cobalt rusumli avtomaşinasi böyoqlari tökilib tuşayotgani, avtosalon esa uni boşqasiga almaştirib berişga rozi bölmayotgani bayon etilgandi.

 Maqola e'lon qilinganidan 10 kun ötib Ismoiljon Vahobov tahririyatga qönğiroq qilib, nihoyat UzAuto Motors kompaniyasi avtomaşinani yangisiga almaştirib berganini xabar qildi. Şuningdek, uni qöllab-quvvatlab turgan insonlar va UzAuto Motors AJ ma'muriyatiga sayt orqali öz minnatdorçiligini bildirmoqçiligini aytdi. Şundan söng sayt muxbiri u bilan uçraşdi.

«Kun.uz saytida maqola va videolavha e'lon qilingandan söng ança paytdan beri yurmay turgan işim yurişib ketdi va UzAuto Motors mutasaddilari nuqsonli avtomoşinamni yangisiga almaştirib berişdi.

UzAuto Motors vakillari avtomaşinam nuqsonli ekanligini uç kunda tekşirib çiqişdi. Şundan söng «brak» avtomaşinani YHXBda röyxatdan çiqarib, zavodga topşirdim. Söng bir haftada yangi Cobalt avtomaşinasini salondan olib çiqdim. Nuqsonli Cobalt’dan qutulib, zavoddan yangisini olişimga sabab bölib, qöllab-quvvatlab turgan barça insonlarga, UzAuto Motors mutasaddilariga, şuningdek murojaatimga e'tiborsiz bölmagan Kun.uz sayti tahririyatiga öz minnatdorçiligimni bildiraman», deydi Ismoiljon Vahobov.

Muxbir Elmurod Ermatov,
Tasvirçi Ahrorbek Yoqubjonov,
Montaj ustasi Nuriddin Nursaidov