Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeOIK) kollegiyasi bayonotida aytilgan.
“YeOIK kollegiyasi yiğilişi natijalariga köra, YeOII davlatlaridan bir qator oziq-ovqat mahsulotlari olib çiqilişini vaqtinça taqiqlaşga qaratilgan çoralar qabul qilindi. Bu mahsulotlar orasida piyoz, sarimsoq, şolğom, guruç, greçka, javdar, tariq, yorma, yirik tortilgan un, greçkadan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, maydalangan va maydalanmagan soya dukkagi va kungaboqar uruği bor. Ularning olib çiqilişi 30 iyungaça taqiqlanadi”, deyilgan xabarda.
YeOIKning uşbu qarori çop etilgandan 10 kun ötgaç kuçga kiradi. Bayonotda aytilişiça, taqiqlovning kiritilişi YeOII davlatlari aholisini koronavirus pandemiyasi sababli sanitar-epidemiologik vaziyat yomonlaşgan vaqtda yuqorida tilga olingan mahsulotlar bilan yetarliça miqdorda ta'minlaş imkonini beradi.
Ayni vaqtda YeOII tarkibiga Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirğiziston va Qozoğiston kiradi.


















