Bu haqda “qoidabuzarlar”dan biri, boş vazirning birinçi örinbosari va içki işlar vaziri Yan Gamaçek ma'lum qildi.
Çexiya hukumati tomonidan koronavirus pandemiyasi ortida e'lon qilingan karantin doirasida barça fuqarolar uydan taşqarida yuzda himoya niqoblari bilan yurişlari kerak, aks holda politsiya bu talabni bajarmaganlik uçun 10 ming kronagaça jarima solişi mumkin.
Vazirlar bilan brifingda iştirok etgan jurnalistlardan biri ulardan nima uçun niqobda emasliklarini söragan.
“Özimni oqlamayman, bu xato edi, qoidalar hamma uçun amal qiladi. Şu sababli men 10 ming kronani Motol şifoxonasiga hadya sifatida yubordim”, deb yozgan Gamaçek tvitterda.
Öz navbatida brifingning yana bir iştirokçisi – Çexiya mehnat vaziri Yana Malaçova özi va taşqi işlar vaziri örinbosari bölgan turmuş örtoği uçun uzr söraşini va “Hayot-90” jamoatçilik taşkilotiga 20 ming krona ötkazib berganini ma'lum qilgan.
Çexiyada 12 mart kunidan koronavirusga çalinganlar soni ortayotgani sababli favqulodda vaziyat amal qilmoqda. 1 aprelda hukumat uni 11 maygaça uzaytirmoqçiligini ma'lum qilgan. Bu masala böyiça yakuniy qarorni 7 aprelda parlament çiqarişi kerak.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Çexiyada ayni vaqtda koronavirusga çalinganlar soni 3589 nafarni, vafot etganlar 39 nafarni taşkil qilmoqda.


















