Butun Afrika qit'asida qayd etilgan holatlar hozirça Portugaliyaning özida qayd etilgan holatlardan kamroq. Ammo JSST qit'a vakillarini vaziyat oğirlaşişiga tayyor bölişga çaqirgan.

Pozitsiyalar qaytadan körib çiqilmoqda

Koronavirus pandemiyasi mahalliy va mintaqaviy muammolarning global miqyos kasb etişi mumkinligini, ularni hal qilişda esa global hamkorlik mexanizmlari umuman yetarli emasligini körsatib qöydi. Ya'ni insoniyatning birlikda harakat qilib, muammolarni yengib ötişini ta'minlovçi global boşqaruv modeli hali işlab çiqilganiça yöq. Koronavirus pandemiyasi davomida mamlakatlar ayni şu zaiflik tufayli yolğiz qolmoqdalar va öz çegaralarini qattiq nazorat ostiga olmoqdalar. Ittifoqlar esa tanqid va savollar yomğiri ostida qolmoqda.

Öz navbatida, inqirozda yetakçilik rolini öynaydiganlarning pozitsiyalari qaytadan körib çiqilmoqda. Masalan, AQŞ kasallikka qarşi kuraşişni uddalay olmayotgan bir paytda Xitoy pandemiyani öz nazoratiga olganini iddao qilmoqda. Şu tariqa, Yevropadan Afrikaga va hatto AQŞga ham AliBaba kompaniyasining asosçisi Jyek Ma orqali tibbiyot uskunalarini taqdim etib, jahon e'tiborini boşqa tomonga qaratmoqda, ya'ni özi uçun yangi global ta'sir doiralarini yaratmoqda.

Raqamlar ortişi aniq

Maliliklar yangiça uslubda salomlaşişmoqda AFP

Afrikada koronavirusga çalinganlarning soni hali oz bölsa-da, bu hududda jiddiy tahdid mavjud. Taşqi dunyo bilan aloqada bölgan hukumat amaldorlari, byurokratlar, biznes, san'at va sport namoyondalarining test tekşiruvi musbat çiqişi ortidan epidemiya tezda boşqa davlatlarga, xususan, Keniya, Misr, Janubiy Afrika va Marokaşga yoyildi. Masalan, 17 mart kuni qit'ada virus bilan kasallanganlarning umumiy soni 450 nafarni taşkil etgan bölsa, hozirda uşbu raqam 6 mingdan oşgan. Garçi qit'ada hali virus aniqlanmagan 8ta mamlakat bölsa-da, çegaralarning ötkazuvçanligini hisobga olsak, kelgusida bu raqamlar yanada ortişi ehtimoldan xoli emas.

Ma'lumot örnida aytiş joizki, Afrikaning 54 mamlakatidan 33tasi kam rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Bundan taşqari, 2016 yilda Rand korporatsiyasi tomonidan e'lon qilingan yuqumli epidemiyalarga qarşi eng zaif davlatlar röyxatidan joy olgan 25 mamlakatning naq 22tasi uşbu qit'ada joylaşgan. Şu sababli, Afrikadagi deyarli barça davlatlar gigiyena talablaridan tortib to soğliqni saqlaş infratuzilmasigaça ğarib va noçor ahvolda.