Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko: global o‘yinchilar koronavirusdan dunyoni urushsiz bo‘lib olishda foydalanishi mumkin
Aleksandr Lukashenko Belarus koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha jamoatchilikka haqqoniy ma'lumotlar taqdim etayotganini bildirdi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko global o‘yinchilar koronavirusdan dunyoni urushsiz bo‘lib olishda foydalanishi mumkin, deb hisoblaydi. U bu haqda "Mir" teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun ko‘pchilik asosiy savol ustida bosh qotirmoqda: koronavirus pandemiyasidan so‘ng nima bo‘ladi.
"Emmanyuel Makron buni urush deb atadi, dunyoning eng kuchlilari koronavirus vasvasasi, infodemiya orqali dunyoni bo‘lib olishni xohlayotganga o‘xshamayaptimi?" – dedi Belarus prezidenti.
Lukashenko Belarus koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha jamoatchilikka haqqoniy ma'lumotlar taqdim etayotganini bildirdi.
"Belarus nimanidir yashiryapti va virus bo‘yicha ishlamayapti deb ayyuhannos solishmoqda. JSST o‘choqlar, nuqtalar bo‘yicha ishlashni tavsiya qilmoqda. Ya'ni agar o‘choqni ko‘rsak, unga tashlanyapmiz va bemorni ham, uning atrofidagilarni ham davolashni boshlayapmiz. Dunyoda hech kim bunday ishlamayapti. Ular front bo‘ylab ketishmoqda. Shaharni o‘rab olishyapti – chiqish ham, kirish ham yo‘q va hammani uylariga qamab qo‘yishdi", - dedi u.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra,Belarusda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 160dan ortiq holat qayd etilgan, 2 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025