«Keça ijtimoiy tarmoqlarda agentlik rahbarining hissiyotli murojaatini tarqatdik. Şu murojaatimiz ham ta'sir qildi. Bugunning özida 8900ta ariza ariza egalari tomonidan qaytarib olindi», – dedi Davletov 1 aprel kuni «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, DXA direktori öz murojaatida «dostavşçik» sifatida BMW X7 va Mercedes kabi premium-klass avtomaşinalarga ruxsat olişga ariza berayotgan «uddaburon, uçar» tadbirkorlarni insofga çaqirib, ular tufayli haqiqatan ham oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini yetkazib beruvçilar tegişli ruxsatnomasini öz vaqtida ololmayotganini aytgandi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytişiça, maxsus ruxsatnoma uçun kuniga 20-30 mingtadan ariza kelib tuşmoqda.
«Davlat xizmatlari markazlarida 14ta hudud va Toşkent şahrining 11ta tumanlarida şu xizmatlar körsatilyapti. 24 soat işlaş tizimiga ötdik. Bizga kelib tuşayotgan arizalar soni [kuniga] kamida 20-30 mingta bölyapti. Bugungi kunga kelib, 102 mingta ariza kelib tuşdi», – deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning aytişiça, elektron tizim takomillaştirilgani natijasida 1,5 mingta ariza avtomatik tarzda rad etilgan.
«Elektron tizim şu darajada takomillaştirildiki, u tadbirkorlik sub'yektining kodlari töğri kelmasa, avtomatik ravişda bekor qiladi. Bu degani bir kunda 20ta xodim qiladigan işni tizimning özi 5 daqiqada bajaryapti.
Kiritilgan arizalarning 1500tasi tizim yordamida avtomatik ravişda rad qilingan», – dedi Davletov.

Adliya vaziri şaxsiy transportdan foydalaniş çeklovi faqat poytaxt şaharlar va viloyat markazlariga taalluqli ekaniga urğu berdi.
«Davlat tilida e'lon qilingan xabar internet resurslarida rusçaga tarjima qilinganida notöğri ma'noda çiqqanini kördik. Bir narsani aniq aytib qöyişimiz kerak: birinçidan, bu – Toşkent şahri, Nukus şahri, viloyat ma'muriyat markazlariga taalluqli.













