2 aprel kuni AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olişni qisqartiriş böyiça kelişuvga erişişi mumkinligi töğrisidagi bayonotidan söng neft narxi keskin kötarildi.

Londondagi ICE  birjasida Brent rusumidagi neft narxi 9,4 foizga oşdi va 27,31 dollarni taşkil etdi. WTI rusumidagi neft narxi 8 foizga kötarilib, 22 dollarga yetdi.

Avvalroq Donald Tramp Moskva va Ar-Riyod yaqin kunlarda neft bozoridagi vaziyat böyiça harakatlar rejasini işlab çiqişi mumkinligini aytgandi.

30 mart kuni Rossiya prezident Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qilib, jahon neft bozori holati böyiça fikrlar almaşişgan va bu masalada energetika vazirlari darajasida ikki tomonlama maslahatlaşuv ötkazişga kelişib olişgani xabar qilingandi.