Avvalroq, Amerikaning NPR (National Public Radio) radiostansiyasi Turkmanistonda «koronavirus» sözi taqiqlangani, hatto uni tilga olgan odamlar qamalişi mumkinligi haqidagi xabarni tarqatgan edi. Şundan söng bu xabar dunyo ommaviy axborot vositalarida yaşin tezligida yoyildi.
Turkmanistonda «koronavirus» sözini tilga oliş taqiqlandi
Turkmaniston hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirib olgan odamlar yöqligini ta'kidlab kelmoqda. Bu axborotni tasdiqlaş yoki rad qiliş imkoniyati yöq, çunki mamlakat yuqori darajada yopiq bölib qolmoqda.
Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov şu paytgaça «koronavirus» sözini tilga olmadi. Mos ravişda davlat idoralari va ommaviy axborot vositalari ham bu sözni işlatmay kelmoqda. Bundan taşqari, aholiga koronavirus epidemiyasining oldini oliş çoralari töğrisida ma'lumot beruvçi broşyuralarda ham infeksiyaning nomi işlatilmagan. Biroq, bu «koronavirus» sözini işlatiş taqiqlanganini anglatmaydi.
Şunday bölsa-da, mamlakatda koronavirus tarqalişining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar körilmoqda. Masalan, 25 mart kuni TDH axborot agentligi Xitoy, Turkiya, Rossiya va Belarusda ta'lim olayotgan minglab turkmanistonliklarni vataniga qaytariş böyiça charter reyslari taşkil etilişini e'lon qildi. Bundan taşqari, koronavirus tarqalgan mamlakatlar bilan aviaqatnovlar töxtatildi. 1 aprel kuni BMTning Aşxoboddagi ofisi hukumat bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraş çoralarini işlab çiqayotganini e'lon qildi.
«Berdimuhammedov Turkmaniston taşqarisidagilarga ğalati şaxsdek körinişi mumkin. Ammo mamlakat içida uning gapi – qonun: agar u «koronavirus» sözini tilga olmayotgan bölsa, demak heç kim uni aytişga botinolmaydi», - deb xulosa qildi Eurasianet naşrining Markaziy Osiyo bölimi muharriri Piter Leonard.













