Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar berdi.
“Ba'zi bemorlar koronavirusdan sog‘ayganlarning antitanalarga ega qon plazmasini olishdi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, Paviyada birinchilardan bo‘lib koronavirusga chalingan er-xotin shifokor hozirda davolanayotgan bemorlar uchun qon donori bo‘lishgan.
Avvalroq xitoylik shifokorlar sog‘ayib ketganlar qonida koronavirusga qarshi antitanalar topilgani sababli uni kasallarga quyish yaxshi samara berishini ma'lum qilishgandi.


















