Fevral oyida Xitoy hukumati COVID-19 xastaligini keltirib çiqaruvçi koronavirus epidemiyasining oldini oliş maqsadida, yovvoyi hayvonlar göştini sotiş va yeyişni taqiqlagan edi. 

Endi esa Şençjen şahrida uy hayvonlari bölmiş it va muşuklarni yeyiş ham taqiqlandi. Bu haqdagi qaror 1 maydan kuçga kiradi. Şençjen bunday taqiqni joriy qilgan Xitoydagi ilk şahar böldi.

Qayd qiliş joizki, it va muşuklar göşti Xitoyning barça hududlarida iste'mol qilinmaydi. Köpçilik xitoyliklar heç qaçon it göştini yemagan va uni tatib körişga intilmagan.

Xitoylik olimlar ötkazgan tadqiqotlarga köra, muşuklarga koronavirus yuqişi mumkin. Ammo virusning muşukdan odamga yuqişi haqida tasdiqlangan ma'lumotlar yöq. 

Olimlarning aniqlaşiça, virus havo-tomçi yöli orqali muşukdan muşukka yuqadi. Biroq, itlar, tovuqlar, çöçqa va ördaklar orasida bunday holat kuzatilmagan.

Tadqiqot davomida beşta muşukka burun böşliğidan koronavirus kiritilgan. 6 kundan keyin ularda virus borligi aniqlangan. Şundan söng, kasal muşuklar soğlom muşuklar yoniga qöyilgan. Biroz vaqt ötgaç, ularda ham virus borligi aniqlangan. Qayd qilinişiça, zararlangan muşuklarning barçasida virusga qarşi antitana paydo bölgan.

Avvalroq, Belgiyada uy muşugi koronavirusni yuqtirib olgani ma'lum bölgan edi. Uning egasida COVID-19 alomatlari aniqlanganidan söng, 1 hafta ötgaç, muşukda ham nafas oliş qiyinlaşişi, qusiş va iç ketişi kuzatilgan. Uning tahlillari esa koronavirus yuqtirib olganini tasdiqlagan edi.