Koronavirus rasman global pandemiya sifatida tan olindi, lekin odamlar öz taşviş-xavotirlarini turli film, kitoblar va voqealar bilan «töyintirmoqdalar» , deya voqealarni tahlil qiladi CNN.
Jurnalist Harmit Kaurning qayd etişiça, ayrim asarlardagi afsonaviy tasvirlarning hozirgi voqealarga öxşaşligi internet foydalanuvçilar tomonidan «koronavirus tarqalişi yozuvçilar tomonidan başorat qilingan», deya öylaşga sabab bölmoqda.
Bu kabilarning yorqin misoli «Zulmat közlari» asaridir. Twitterʼda köpçilik foydalanuvçilar kitobning ayrim sahifalari «skrinşot» lariga tayanib, muallif koronavirusni 1981 yilda tasvirlagan, deyişmoqda.

Royters naşri şu «skrinşot» larning kamida 29 ming marta ulaşilganini yozmoqda.
Biroq asar — şunçaki fantastika.
«Zulmat közlari» asaridagi virus odamlar tomonidan yaratilan qurol sifatida tasvirlanadi.
Hikoyaning «skrinşot» qilingan betida Dombey ismli obraz xitoylik olimning «Uhan — 400» nomli biologik qurolni AQŞga olib kelgani hikoya qiladi.
«Xitoylik olim Li Çen AQŞga Xitoyning eng yangi va muhim biologik qurolini olib kiriş orqali ön yillikda AQŞni yengdi. Bu modda «Uhan — 400» deb nomlanadi, negaki uning ustida olib borilgan izlanişlar Uhan şahrining şundoq taşqarisidagi RDNA laboratoriyasida olib boriladi. Virus bitta odamdan 400ga yaqin odamgaça yuqişi mumkin» , — deydi Dombey asarda.

Biroq e'tibor beriş kerak bölgan muhim nuqta – bu asarning birinçi çop etilişida «Uhan — 400» deb nomlangan biologik qurol Rossiya hududini nazarda tutgan holda













